• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Buxorodagi poliklinikada eskirgan o‘rindiqlarga choyshab olish uchun xodimlardan pul yig‘ildi. Rahbar buni ishchilar tashabbusi deb atamoqda

    Ijtimoiy tarmoqlarda “Shofirkonlik shifokorlar yig‘-yig‘lardan charchadi” sarlavhali xabar tarqalgach “Daryo” muxbiri “Yuksalish” umummilliy harakatining Buxoro viloyati bo‘limi bilan hamkorlikda surishtiruv o‘tkazdi.

    Foto: “Daryo”

    Ma’lum bo‘lishicha, Buxoro viloyatining Shofirkon tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli poliklinikaning 47 nafar shifokori poliklinikaning eskirgan va ko‘rimsiz ahvolga kelgan o‘rindiqlariga oq choyshab o‘rash maqsadida 10 ming so‘mdan pul yig‘gan. Pul ro‘yxat shaklida, imzo orqali, ustiga-ustak, na buyruq, na kasaba uyushmasi qarorisiz noqonuniy yig‘ilgan.

    Shundan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda “Buxoro viloyatining Shofirkon tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli shifoxona xodimlari bor-yo‘g‘i 1,2 million so‘mgacha maosh olishadi. Hozirgi sharoitda bu mablag‘ning kulgili ekanini tushunish uchun katta aql kerakmas. Xarajatlardan tashqari, ro‘zg‘orga ana shu pulning teng yarmi kiradi. ‘O‘lganning ustiga tepgan’ deganlaridek, poliklinikamiz mudiri Aziz Nosirovning qabulxonasidagi ‘stul’lar qoplamasi uchun shifokorlardan 10 mingdan pul yig‘ilyapti. Bunaqa ‘yig‘-yig‘lar’ tinkamizni quritdi. Shofirkonda ham prokuror, boshqa idoralar bor. Kimdir e’tibor berarmikan?!” degan xabar tarqalgan.

    Foto: “Daryo”

    Shofirkon tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli poliklinika mudiri Aziz Nosirov “Daryo” muxbiri bilan suhbatda ushbu xabarni unga yomonlik istaganlar tarqatganini aytdi. Poliklinika mudiriga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarga xabar tarqalmasdan uch-to‘rt kun ilgari bir nechta bo‘lim shifokorlari uning qabuliga har bir bo‘lim shifokoridan o‘n ming so‘mdan pul yig‘ish orqali eskirgan va achinarli ahvolga kelgan o‘rindiqlarga oq choyshab o‘rash taklifi bilan kirgan. Biroq u masalani qonuniy yo‘l bilan hal etish kerakligini aytib, taklifni ham rad etmagan.

    “Bor-yo‘g‘i 470 ming so‘m pul ortidan hech kim manfaatdor bo‘lishni istamagan. Ammo ishxonani ikkinchi uy sifatida ko‘rgan xodimlarimning xayrli tashabbusi, deya izn bergandim. Ammo o‘shandayam, ‘O‘zi arzimagan pul, bu tashabbusingiz noto‘g‘ri tarqalib ketmaydimi?’, deya xavotir ham olgandim. Mana, o‘ylaganim sodir bo‘ldi”, — deydi poliklinika mudiri.

    Aziz Nosirov.

    Aziz Nosirov.
    Foto: “Daryo”

    Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan yig‘inda “Yuksalish” umummilliy harakati Buxoro viloyati bo‘limi rahbari Hamza Ro‘ziyev noqonuniy xatti-harakat e’tiborsizlik tufayli, yetmagandek, poliklinika mudirining o‘zida huquqiy savodxonlik yetishmagani oqibatida yuzaga kelganini bildirdi.

    “Rahbar bo‘la turib, jihozlar eskirganini yangilash uchun yig‘ilayotgan pulga qarshilik qilmay, jim turgansiz. Gap pulning miqdorida ham emas, gap shu holatning yuzaga kelganida. Bu tashabbus — noqonuniy xatti-harakat, o‘z xohishi bilanmi, kelishibmi, ixtiyoriymi, mumkin emas!”, — dedi Hamza Ro‘ziyev.

    Aziz Nosirov esa bunga javoban shifokorlarning o‘zaro kelishganini, rozilik bilan pul yig‘ilganini, tazyiq yoki bosim, talab yo majburlash bo‘lmaganini bildirdi.

    Foto: “Daryo”

    “To‘g‘ri, xabarim bor edi. Qabulimga kirib, ushbu masalani muhokama qilishdi. O‘zaro ko‘ngilli bo‘lib, pul yig‘ishdi. Obodlik ko‘ngildan boshlanadi, deyishadi-ku! Chunki bundan oldin ham o‘z hisobimizdan obodonlashtirish va ko‘chat olish masalasida shunday faollik ko‘rsatganmiz”,— dedi poliklinika mudiri.

    Shuningdek, poliklinika mudiri noqonuniy xatti-harakat orqali yig‘ilgan pulga imzo olingan holatni “Tashabbusga shifokorlar ishtirokini bilish maqsadida hamda ‘kim berdi yoki kim bermadi’ nuqtayi nazaridan ro‘yxat qilingan” — deya izohladi.

    Surishtiruvga ko‘ra, bundan ilgari ham poliklinikaning yosh mudiri ustidan “yozishgan”, ko‘p tortishuv va kelishmovchiliklar yuzaga kelgan.

    Jarayonni birgalikda o‘rgangan viloyat moliya boshqarmasi vakili Fazliddin Zoyirovning bildirishicha, poliklinika tomonidan yil boshida boshqa xarajatlar ham rejalashtirib berilganda talabnoma o‘rganilib, pul ajratilgan bo‘lardi. Zoyirovning qo‘shimcha qilishicha, joriy yilning o‘zida Shofirkon tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli poliklinikaga birgina mebel jihozlari uchun 20 million so‘m mablag‘ ajratilgan.

    Foto: “Daryo”

    “Ushbu tashabbus bo‘yicha kasaba uyushmasiga murojaat bo‘lmagan. Pul jamoaviy yig‘ilgan. Har bir masala kasaba uyushmasi bilan kelishilgan holda, uning roziligi asosida bo‘lishi kerak. Lekin bu jarayonda kasaba uyushmasining o‘rni bo‘lmagan, munosabat ham bildirmagan”, — dedi yig‘inda ishtirok etgan viloyat kasaba uyushmasi vakili.

    “Daryo” muxbiri poliklinika mudirining pul yig‘ish bilan bog‘liq masalada “o‘zaro kelishgani, rozilik bilan yig‘ilgani, tazyiq, bosim, talab yoki majburlash bo‘lmagani” haqidagi gapi “topshiriq” bo‘yicha amalga oshirilgan xat bilan to‘g‘ri kelmayotganini aytib, buning sababi bilan qiziqdi.

    Foto: “Daryo”

    Xatda ta’kidlanishicha, mazkur poliklinikaga tuman hokimi Shukrulla Hakimov kelgan va eskirgan o‘rindiqlarni oq choyshab bilan qoplash lozimligini bildirgan. Ushbu topshiriqni amalga oshirish esa noqonuniy xatti-harakat orqali amalga oshirilgan.Poliklinika mudiri Aziz Nosirov xatdagi “topshiriq” so‘zini “grammatik xato bo‘lishi mumkin” deya talqin etdi.

    Foto: “Daryo”

    Muloqotda so‘z olgan shifokorlar yig‘ilgan pulni hech qanday xusumatsiz, xayrli tashabbus uchun yig‘ishganini, uning ortida manfaat yotmaganligini bildirdi. Shu o‘rinda, poliklinika jamoasi ijtimoiy tarmoqlarda “imzoli ro‘yxat”ni tarqatgan shaxsni huquq-tartibot idoralari tomonidan aniqlab, uning xatti-harakatiga nisbatan baho berish taklifini o‘rtaga tashladi.

    Foto: “Daryo”

    “Ijtimoiy tarmoqda keltirilgan ma’lumotlar mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Imkon bo‘lsa, holatga huquq-tartibot idoralari tomonidan aniqlik kiritilsa”, — dedi Aziz Nosirov.

    29.10.2020, 10:22   Izoh (0)   21200
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga oid farmonni imzoladi

    29.10.2020, 10:09

    Qashqadaryolik ota 260 mln so‘mlik aliment pulini oldindan to‘ladi

    29.10.2020, 09:45

    O‘zbekistonning tashqi savdodagi eng yirik hamkorlari ma’lum qilindi

    29.10.2020, 09:21

    O‘zbekiston xalq shoiri Omon Matjon 77 yoshida vafot etdi

    29.10.2020, 08:46

    O‘zbekistonda Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Energetika muammolari instituti tashkil etiladi

    29.10.2020, 08:11

    Andijonda eng ko‘p qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan tashkilotlar nomi ma’lum qilindi

    29.10.2020, 07:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tesla kompaniyasi avtopilot tizimi bilan bog‘liq o‘lim bo‘yicha sudlanadi

    Dunyo | 15 iyul, 03:39

    Xitoy okeanlarni o‘rganish uchun o‘zining birinchi “aqlli” kemasini yaratdi

    Dunyo | 14 iyul, 23:55

    “Putin ko‘pchilikni aldagan, lekin meni aldolmaydi” — Tramp

    Dunyo | 14 iyul, 23:40

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 50 kun davom etgan gullar festivali yakuniga yetdi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 23:27

    Yer evaziga 600 ming dollar: O‘zbekistonda hokim o‘rinbosari va qator mansabdorlar pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 22:40

    Obama Trampning tarif urushlarini tanqid qildi

    Dunyo | 14 iyul, 22:30

    “Ukrainani qurollantirish uchun AQSH Xitoydan qarz olishga majbur” — amerikalik senator

    Dunyo | 14 iyul, 22:10

    Yevroittifoq Isroilni jazolashning 10 ta usulini taklif etdi

    Dunyo | 14 iyul, 21:50

    Hayot mohiyatini ochib beruvchi 10 falsafiy multfilm

    Kino | 14 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.