• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga oid farmonni imzoladi

    “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda “Kun.uz” xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ushbu farmon qabul qilinishidan maqsad iqtisodiyot tarmoqlaridagi yashirin aylanma darajasini keskin pasaytirishdan iborat.

    Hujjat bilan biznesning “soyadan” chiqishini rag‘batlantirish, soliq rejimini soddalashtirish hamda naqdsiz to‘lovlarni kengaytirish uchun shart-sharoitlar yaratiladi.

    Xususan:

    • Umumiy ovqatlanish sohasidagi kichik tadbirkorlik subyektlarining bank kartalari va kontaktsiz to‘lovlardan foydalangan holda jismoniy shaxslardan olingan daromadlari umum belgilangan soliqlarni to‘lashga majburiy tartibda o‘tish maqsadida umumiy daromadga kiritilmaydi. Ushbu chora plastik kartalardan cheklovlarsiz to‘lov qabul qilish hisobidan tushumni ko‘paytirish hamda naqd shaklda olingan summalarni aks ettirish imkonini beradi.
    • Avval qabul qilingan qarorga muvofiq, 2021-yil 1-yanvardan rieltorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma olish talabi bekor qilingan. Lekin ko‘rsatilayotgan xizmatlardan olinadigan daromadni qonuniy aylanmaga jalb qilish uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasini 25 foizdan 13 foizgacha pasaytiriladi.
    • Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan onlayn kassa mashinalarining cheklarida aks ettirilgan QR kodi asosida sovrinli o‘yinlarni o‘tkazish eksperimenti 2020-yilda barcha hududlarda amalga oshiriladi.
    Bugungi kunga qadar Toshkent shahrida 9 oyda 3,3 trillion so‘mlik 16,3 millionta chek, viloyatlarda esa 6,3 trillion so‘mlik 22,7 millionta chek chiqarilgan. Sovrinli o‘yinlarning viloyatlarda joriy etilishi onlayn kassa mashinalariga o‘tish jarayonini tezlashtiradi. Sovrinli o‘yinlarga 1 milliard so‘m ajratilgan bo‘lib, 2020-yil 1-oktabr holatiga 524 million so‘mlik sovrinlar o‘ynaldi.

    Qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar biznes yuritishdagi joriy amaliyotga moslashtiriladi.

    Jumladan, qurilish korxonalariga ishchilarni ularga ish haqini naqd pulda to‘lash (mehnatga haq to‘lash fondining 10 foizidan oshmagan holda) huquqi bilan hamda ularni ijtimoiy himoya qilish kafolatlarini saqlab qolgan holda shartnoma tuzmasdan yollashga muddatli ravishda ruxsat beriladi.

    Soliq va bojxona ma’muriyatchiligi vositalari hisob va tushumlarning to‘liqligiga, shu jumladan, soliqlardan bo‘yin tovlagan jismoniy va yuridik shaxslarni aniqlash va javobgarlikka tortishga qaratiladi.

    Bu quyidagilar orqali amalga oshiriladi:

    1) tadbirkorlar huquqlarini himoya qilishga vakolatli organni xabardor qilgan holda o‘tkaziladigan sayyor soliq tekshiruvlari natijalarini ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish tartibini joriy qilish.

    Ushbu chora soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari doirasidagi harakatlariga fuqarolarning ishonchini oshirish, shuningdek, soliq organlari suiiste’mollik holatlariga yo‘l qo‘yishlarining oldini olishga xizmat qiladi;

    2) Soliq organlarining ma’lumotlarini qayta ishlash markazini zamonaviy server uskunalari va tegishli dasturiy ta’minot bilan ta’minlashni tezlashtirish va birlamchi qo‘shimcha jihozlash maqsadida 100 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.

    Soliq islohoti natijasida foyda solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i, resurs soliqlarini to‘lovchi shaxslar soni o‘rtacha 15 barobar ko‘paydi.

    Xalqaro ekspertlarning fikricha, vakolatli organlarning tayyorgarligi va iqtisodiyotdagi yashirin ulushning qisqarishi o‘rtasida bevosita aloqa bor. Masalan, IT darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlarda yashirin iqtisodiyot ulushi past.

    Yashirin iqtisodiyotga ta’sir qiluvchi omil sifatida korrupsiyani qisqartirish.

    • Xalq ta’limi vazirligi, Transport vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, “Hududgazta’minot”, “Hududiy elektr tarmoqlari”, “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyatlari tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarini kuchaytirishga qaratilgan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha samarali ichki nazorat (komplayens-nazorat) tizimini joriy qilish.
    • Markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini majburiy o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.
    • Davlat organlarida, shu jumladan hududlarda korrupsiya darajasini reyting baholash metodikasini ishlab chiqish, shuningdek, reyting natijalarini davriy e'lon qilish hamda rahbarlarining shaxsiy javobgarligini baholash tizimini joriy qilish.

    Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev 2021–2022-yillarda elektr energiyasi tariflarini oshirmaslik bo‘yicha topshiriq berdi

    Ushbu reyting davlat organlari faoliyatida korrupsiya ko‘rinishlari mavjudligi xatarini tahlil qilish asosida korrupsiyaga eng moyil bo‘lgan idoralar monitoringini amalga oshirish imkonini beradi. Shuningdek, rahbarlarning shaxsiy javobgarligini baholash va e’lon qilish ularning mas’uliyatini oshiradi.

    Turli vazirlik va idoralarning yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha o‘zaro muvofiqlashgan faoliyatini ta’minlash.

    Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish “ko‘p vektorli” tusga ega ekani hamda ko‘plab vazirlik va idoralarning ishtirokini taqozo etishini hisobga olib, Maxsus komissiya tashkil etiladi va uning ichki organi sifatida Moliya vazirligi belgilanadi.

    Shu bilan bir qatorda, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash bevosita joylarda amalga oshirilishini hisobga olib, hududlar hokimlari boshchiligidagi hududiy komissiyalar tuzilmoqda, ularning aniq vazifa va funksiyalari belgilanadi.

    Maxsus komissiyasiga Jahon banki va boshqa xalqaro institutlar bilan hamkorlikda Yashirin iqtisodiyotning oldini olish va unga qarshi kurashish strategiyasini, Markaziy bankka esa naqdsiz hisob-kitob tizimini rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqish yuklatildi.

    Ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishga keng jamoatchilikni, notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalarini jalb qilish, jamiyatda yashirin iqtisodiyotga murosasizlik hissini shakllantirish, legal biznes yuritishning nufuzini oshirish.

    Xalqaro ekspertlarning fikricha, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash bu boradagi muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Shu munosabat bilan tadbirkorlar va aholini qonuniy biznesning nufuzini oshirishga jalb qilish va noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan shaxslarga nisbatan murosasizlikni targ‘ib qilish bo‘yicha “media-reja” ishlab chiqiladi.

    Farmon ijrosi quyidagi tartibda tashkil etiladi:

    • Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha Maxsus komissiya va hududiy komissiyalar tuziladi, ko‘rsatilgan choralar ijrosining borishi yig‘ilishlarda har hafta ko‘rib chiqiladi;
    • vazirlik va idoralarning yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishdagi faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan choralarni so‘zsiz bajarish;
    • yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishda ishtirok etayotgan vazirlik va idoralar o‘rtasida turli darajalarda yaqindan hamkorlik (chora ko‘rish, axborot almashish va boshqalar) yo‘lga qo‘yiladi;
    • Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Hisob palatasi rahbarlari hududlarga chiqib, hududiy komissiyalarning samarali faoliyatini tashkil etadi.

    Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan “O‘zavtosanoat” transformatsiya qilinadi

    29.10.2020, 10:09   Izoh (0)   18357
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryolik ota 260 mln so‘mlik aliment pulini oldindan to‘ladi

    29.10.2020, 09:45

    O‘zbekistonning tashqi savdodagi eng yirik hamkorlari ma’lum qilindi

    29.10.2020, 09:21

    O‘zbekiston xalq shoiri Omon Matjon 77 yoshida vafot etdi

    29.10.2020, 08:46

    O‘zbekistonda Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Energetika muammolari instituti tashkil etiladi

    29.10.2020, 08:11

    Andijonda eng ko‘p qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan tashkilotlar nomi ma’lum qilindi

    29.10.2020, 07:57

    Navoiyda Matiz shinasi yorilishi sababli yuz bergan YTH oqibatida 2 oylik chaqaloq halok bo‘ldi

    29.10.2020, 07:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.