Xarkov shahridagi daryoga tushib ketgan mashinaning tom qismida o‘tirgan qiz surati ijtimoiy tarmoqlarda mashhurlikka erishdi, deb yozadi Esquire.
Ko‘plab foydalanuvchilar memlar yasashga tushgan, ayrimlar esa qizning avtomobil boshqarish ko‘nikmalari yoki uning mast holda bo‘lgani to‘g‘risida hazillar qila boshlagan.
Aniqlanishicha, suratdagi qizning ismi Anna Sichkar bo‘lib, u Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmatining bosh boshqarmasida ishlaydi.
“RIA Novosti”ning ma’lum qilishicha, Anna yo‘l-transport hodisasiga uchrashidan oldin o‘z avtomobilida harakatlanib ketayotgan bo‘lgan va to‘satdan yo‘lga mushuk yugurib chiqqan. Qiz rulni burib yuborgan va to‘siqlardan uchib o‘tib, daryoga tushib ketgan. Avariya oqibatida Annaga jiddiy jarohat yetmagan, mushuk esa omon qolgan, avtomobil daryodan chiqarib olingan.
Bu vaqtda esa ijtimoiy tarmoqlarda memlar tarqalmoqda:
Izoh (0)