Hindistonlik zargar tomonidan yasalgan 7801 ta brilliantli uzuk Ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi. Bu haqda kitobning rasmiy saytiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Zargar ushbu uzukni yasashga deyarli bir yil vaqt sarflagan. Usta o‘zining mazkur ishini Brahma xudosining Muqaddas quroli deb atagan.
Uzuk 2019-yilning avgustida tayyor bo‘lgan, biroq undagi brilliantlarning haqiqiyligini aniqlash uchun bir yilga yaqin vaqt kerak bo‘lgan. Uzuk Himolay tog‘ida o‘sadigan noyob gul rangida yaratilgan.
Izoh (0)