• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Tailandda bir necha oydan buyon talabalar namoyishga chiqmoqda. Ular konstitutsiya o‘zgartirilishini va qirollik hokimiyati isloh qilinishini talab qilmoqda

    2019-yilda Tailandda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlaridan keyin Konstitutsiyaviy sud mamlakatning asosiy muxolifat kuchi — Kelajak partiyasi faoliyatini taqiqlab qo‘ygan edi. Uni asosan yoshlar qo‘llab-quvvatlagani sababli 2020-yil boshida talabalar kampuslarida mahalliy norozilik aksiyalari tashkil qilindi, ammo koronavirus pandemiyasi boshlangach ular tinchib ketdi, deb yozadi Meduza.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Yozda koronavirus cheklovlarining ko‘pchiligi bekor qilingach norozilik namoyishlari endi yanada kengroq ko‘lamda qayta tiklandi — ularga Tailand muxolifat faoli Kambodjada o‘g‘irlab ketilishi rasmiy sabab bo‘lib xizmat qildi. O‘g‘irlab ketishni Tailand hukumati uyushtirgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilindi.

    18-iyul kuni Bangkokda davlat to‘ntarishidan keyingi eng katta ko‘lamli miting bo‘lib o‘tdi, uning ishtirokchilari konstitutsiya o‘zgartirilishini, hukumat  iste’fosini va yangi parlament saylovlarini talab qildi. Keyinroq monarxiya instituti isloh etilishi haqidagi talab ham qo‘shildi.

    Keyingi uch oy davomida aksiyalar yanada muntazam tus oldi: har uch-to‘rt haftada bir marta eng katta namoyishlar bo‘lib o‘tar, ularda bir necha o‘n minglab kishi qatnashar edi. Hukumat vazirlar mahkamasi iste’fosi haqidagi talabni e’tiborsiz qoldirgan bo‘lsa-da, konstitutsiya islohoti taklifi parlamentda muhokama qilina boshladi.

    14-oktabr kuni Bangkokda bir oy ichidagi eng yirik namoyish bo‘lib o‘tdi. Bu safar hukumat javob tariqasida koronavirus pandemiyasi boshidan buyon amal qilayotgan favqulodda vaziyat rejimini kuchaytirishga qaror qildi: besh kishidan ortiq odamning to‘planishi taqiqlandi. Ertasi kuni politsiyachilar suvotar qurollar bilan namoyishlarni tarqata boshladi.

    Ammo bu choralar namoyishchilarni to‘xtatmadi: aksiyalar har kuni va yanada ko‘proq odam ishtirokida, shuningdek, nafaqat Bangkokda, balki boshqa shaharlarda ham o‘tkazila boshladi.

    22-oktabr kuni hukumat yon bosdi. Favqulodda vaziyat rejimi yumshatildi. Bosh vazir Prayut Chan-Ocha namoyishchilarni murosaga chaqirib, nizoni tartibga solish uchun navbatdan tashqari parlament sessiyasini chaqirdi. Parlamentdagi muhokamalar 26—27-oktabr kunlari bo‘lib o‘tdi. 28-oktabr kuni vazirlar kengashi keyingi qadamlar haqida e’lon qilishi kutilmoqda.

    Shunisi e’tiborga loyiqki, namoyishchilar qirolni ochiqdan ochiq tanqid qilmoqda. Buning uchun 15 yilga qamalish mumkinligi ham ularni to‘xtatmayapti. Ularning noroziligiga Tailandda koronavirus tufayli lokdaun e’lon qilingan bir paytda qirolning bir necha oylardan buyon Germaniyada ma’shuqalari bilan vaqt o‘tkazayotgani ham sabab bo‘lgan.

    26-oktabr kuni aksiya ishtirokchilari Germaniyaning Bangkokdagi elchixonasi yonidan marsh bilan o‘tib, diplomatlarga Maxa Vachiralongkorn o‘z otasi merosining Germaniyadagi qismini olgandan keyin soliq to‘lagan-to‘lamaganligi hamda Germaniyada paytida siyosat bilan shug‘ullangan-shug‘ullanmaganligini aniqlashtirish iltimosi bitilgan petitsiyani topshirdi. Germaniya tashqi ishlar vaziri bu qoida buzilgani aniqlansa, zudlik bilan chora ko‘rilishini aytib tahdid qildi. Qirol esa Tailandga oktabr boshida qaytib keldi.

    Mavzuga doir: Tailand qiroli rasmiy ma’shuqasining unvonini tikladi. U qirolichaning o‘rnini egallashga uringani uchun qamoqqa olingandi

    28.10.2020, 14:11   Izoh (0)   14783
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSh prezidenti sayloviga bir hafta qolganda Tramp shtabining saytiga xakerlar hujum qildi

    28.10.2020, 13:34

    Kislorod yetishmaganligidan COVID-19 bemorlari vafot etgani haqidagi xabarlardan keyin Rostov sog‘liqni saqlash vaziri iste’foga chiqdi

    28.10.2020, 12:59

    JSST: Dunyoda koronavirusga chalinish holatlari o‘sishi bo‘yicha antirekord qayd etildi

    28.10.2020, 12:11

    BMT xalqaro turizmning 2021-yilning uchinchi choragida tiklanishini prognoz qildi

    28.10.2020, 10:45

    Olimlar Qozog‘istonning Qalachi qishlog‘idagi “uyqu kasalligi”ning sababi haqidagi yangi nazariyani ilgari surdi

    28.10.2020, 10:09

    Aleksandr Lukashenko Belarusdagi namoyish qatnashchilarini terrorizm yo‘liga o‘tganlikda aybladi

    28.10.2020, 08:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.