Andijon viloyati IIB tunda xiyobondagi o‘rindiqlar, temir to‘siqlar, chiqindi urnasi, chiroqlarni tepgan va TikTok uchun video olgan uch yigitga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilganini xabar qildi.
Boshqarma Telegram kanaliga joylashtirilgan videolavhada tartibbuzarlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54 (epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) hamda 183-moddalari (mayda bezorilik) bilan ma’muriy ishlar rasmiylashtirilib sudga yuborilgani aytilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda ishtirok etgan va uni tasvirga tushirgan yigitlar esa qilgan ishidan pushaymonligi, video orqali yomon maqsadni ko‘zlamagani, ushbu harakatlar orqali TikTok’da obunachilar, layklar sonini oshirib shov-shuv ko‘tarishni xohlaganini bildirgan.
Izoh (0)