“Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman La Liga 7-turi doirasida “Real”ga qarshi kechadigan bahs oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
O‘ylashimcha, har ikki jamoa ham juda katta bosim ostida turibdi. O‘yin avvalgi uchrashuvlar natijasiga bog‘liq bo‘lmaydi, ular uchun ham, biz uchun ham. Balki, “Real” so‘nggi ikki o‘yinda o‘z darajasida ishtirok eta olmagandir, biroq bu ular “El-Klasiko”ga yomon kayfiyatda kelishini anglatmaydi.“Barselona” — “Real” uchrashuvi 24-oktabr kuni Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi.“Real” — bosimni osonlikcha yengib o‘ta oladigan, tajribali o‘yinchilarga ega kuchli jamoa. Ular g‘alaba kerakligini bilib turibdi.
Ularda ham, bizda ham motivatsiya yetishmovchiligi bo‘lmaydi. “Real”ning ojiz nuqtalari ko‘rinib qoladi deb o‘ylamayman, aksincha. Ular uchun Ramosning o‘ynashi muhim. U ajoyib markaziy himoyachi, maydonda yuqori darajada harakat qiladi. Uning maydonga qaytishi o‘yinga ta’sir qilishi mumkin.
“El-Klasiko” — bu doim o‘ziga xos qarama-qarshilik. Biz uy o‘yinida g‘olib chiqishni, ishonchni mustahkamlash va to‘g‘ri yo‘lda ekanimizni ko‘rsatib qo‘yishni istaymiz.
Ronald Kuman, “Barselona” bosh murabbiyi
Mavzuga doir:
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)