Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan La Liga 7-turi doirasida “Barselona”ga qarshi kechadigan o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images
Klasiko — bu klasiko. Ikkita kuchli jamoa bir-biri bilan kurash olib boradigan bahs. Yuzaga kelgan vaziyat va bo‘sh stadionga qaramay yaxshi o‘yin bo‘ladi deb o‘ylayman.

“Barselona”ga qarshi o‘yin vaziyatni o‘zgartirish uchun yaxshi imkoniyat, sababi o‘yin ertaga bo‘lib o‘tadi. Biz vaziyatni o‘zgartirmoqchimiz. Uni o‘z futbolimizni ko‘rsatgan holda amalga oshirmoqchimiz.

“Barselona” istalgan murabbiy qo‘l ostida doim kuchli bo‘lib kelgan. Har bir mutaxassis o‘z qarashlarini olib kiradi, biroq “Barselona” — bu har doim “Barselona”. Jamoa qanday qilib yaxshi futbol namoyish qilishni biladi va har doim bizga muammo tug‘dirishga qodir.

Tafsilotlarga to‘xtalmoqchi emasman. Aniq bilaman, bizni qiyin o‘yin kutib turibdi va bu yaxshi. Maydonga tushib, boshidan oxirigacha qiyin kechadigan uchrashuvda qatnashish foydali.

Zinedin Zidan, “Real” bosh murabbiyi

“Barselona” va “Real” jamoalari o‘rtasidagi bahs 24-oktabr, shanba kuni 19:00 boshlanadi.Eslatib o‘tamiz, madridliklar bundan avval La Liga doirasida “Kadis”ga (0:1) va Chempionlar Ligasida “Shaxtyor”ga (2:3) mag‘lub bo‘ldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Mahalliy
Vazirlikning 8 mlrdga tushgan sayti, qashqadaryolik ota-o‘g‘ilning Toshkentni “lol qoldirgan” qilmishi: “Daryo”da hafta dayjesti
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi