UFC prezidenti Deyna Uayt yengil vazn toifasi chempionligi uchun kechadigan Habib Nurmagomedov va Jastin Getji o‘rtasidagi jang atrofidagi raqamlar haqida gapirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur qarama qarshilik qamrovi 700 million dollarni tashkil etmoqda.
“Bu haqida 50 mamlakat yozmoqda. Jang atrofidagi videolar 23 milliard marta ko‘rilgan.
Detallarni hisoblab chiqqanda butun qamrovning narxini aniqladik. Bu — 700 million dollar. Bu jang mana shu qadar mashhur”, — deydi Uayt.
Nurmagomedov va Getji o‘rtasidagi jang 24-oktabr oqshomida bo‘lib o‘tadigan UFC 254 musobaqasida o‘tkaziladi.
Qayd etish joiz, UFC 254 musobaqasining asosiy kardida o‘zbekistonlik Liliya Shokirova ham ishtirok etadi. Ushbu musobaqani bu yerda tomosha qilish mumkin — havola.
Mavzuga doir:
- UFC 254: Habib va Getji bir xil vazn ko‘rsatdi, o‘zbekistonlik jangchi ham tarozidan o‘tdi
- Habib Nurmagomedov UFC’dagi har bir jangi uchun qancha miqdorda gonorar olgani hisoblab chiqildi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)