“Barselona” yarim himoyachisi Ansu Fati 18 yoshga to‘lgunga qadar Chempionlar Ligasi o‘yinlarida 2 ta gol urgan ilk futbolchiga aylandi, deya xabar bermoqda Gracenote.
Fati Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 1-turida o‘tkazilgan “Ferensvarosh”ga qarshi o‘yinning (5:1) 42-daqiqasida o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi. Ansu musobaqadagi ilk golini esa 2019-yilning 10-dekabrida “Inter” darvozasiga urgandi.
Ma’lumot uchun, Ansu Fati 2002-yilning 31-oktabrida tug‘ilgan. U “Barselona”ning asosiy jamoasida 2019-yildan beri o‘ynab kelmoqda, La Liganing joriy mavsumida 4 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi.
Izoh (0)