Myunxenning “Bavariya” klubi yarim himoyachisi Serj Gnabrida koronavirus aniqlandi.
“Bavariya” rasmiy saytiga ko‘ra, hozirda futbolchi o‘z uyida izolyatsiyaga olingan va o‘zini yaxshi his qilmoqda.
Qayd etish joiz, 21-oktabr, chorshanba kuni myunxenliklar Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 1-turi doirasida o‘z maydonida Madridning “Atletiko”si bilan kuch sinashadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.
25 yoshli Gnabri Germaniya chempionatining 2020/21-yilgi mavsumida 4 o‘yin o‘tkazib, 3 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etdi.
Izoh (0)