Norvegiyada koronavirus infeksiyasining yangi mutatsiyasi aniqlandi. Bu haqda Tranxeym munitsipalitetining bosh shifokori Tuve Resstadga tayanib Verdens Gang gazetasi xabar qildi.
Tronxeym shahrida koronavirus infeksiyasining yangi shakli 16–18-oktabr kunlari test olingan 8 nafar mahalliy fuqaroda aniqlandi.
“Taxminlarga ko‘ra virusning ushbu yangi shakliga hali Norvegiya sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida duch kelinmagan”, – deydi Resstad.
Bosh shifokorning so‘zlariga ko‘ra virusning mutatsiyasi qanday xususiyatlarga ega ekani hali noma’lum. Bundan tashqari Tronxeymda koronavirus yuqtirib olish xavfi ko‘paygan: odamlar bir-birlari bilan yaqin turmasa va muloqot qilmasa ham infeksiyani yuqtirib olishi mumkin.
Avval olimlarning koronavirus zaif nuqtasini topgani ma’lum qilingan. Tadqiqotchilar koronavirusni to‘xtatish uchun uning “molekulyar qaychilarini” bloklashi kerakligini bildirgan, agar shunday qilinsa, koronavirus rivojlana olmaydi, organizm esa patogenga qarshi munosib kurasha oladi.
Shuningdek, iyul oyida AQSh bosh infeksionisti koronavirusning xavfli mutatsiyasidan ogohlantirgan. Sentabrda Indoneziya olimlari koronavirusning mutatsiyaga uchragan shtammini aniqlagan, “Rospotrebnadzor” koronavirusning aniqlangan mutatsiyalari haqida ma’lumot bergandi.
Izoh (0)