Daryo

AQSh bosh infeksionisti koronavirusning xavfli mutatsiyasidan ogohlantirdi

Ayni paytda olimlar bu xususda bahslashmoqda, ammo mavjud ma’lumotlar virusning mutatsiyaga uchrashi ehtimolini, bu esa uning replikatsiyasini tezlashtirishini ko‘rsatmoqda

1 daqiqa o‘qish95 762 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “TASS”

COVID-19 kasalligini keltirib chiqaradigan yangi SARS-Cov-2 koronavirusi mutatsiyaga uchragan taqdirda yanada yuqumli bo‘lishi mumkin. Bu haqda AQSh Allergiya va yuqumli kasalliklar milliy instituti direktori Entoni Fauchi JAMA Netwok tibbiy jurnaligi bergan intervyuda ma’lum qilgan.

Foto: Getty Images

“Aftidan, muayyan mutatsiya virusni yuqumliroq bo‘lishiga olib kelishi mumkin”, — deydi Fauchi. Uning qo‘shimcha qilishicha, ayni paytda olimlar bu xususda bahslashmoqda, ammo mavjud ma’lumotlar virusning mutatsiyaga uchrashi ehtimolini, bu esa uning replikatsiyasini tezlashtirishini ko‘rsatmoqda.

Shu bilan birga, AQSh bosh infeksionisti shifokorlarda hozircha bunday mutatsiya natijasida virus yuqtirgan odam uchun yanada xavfli bo‘lib, sog‘lig‘i uchun jiddiyroq oqibatlarga olib kelishi to‘g‘risida dalillar yo‘qligini ta’kidlagan.

Avvalroq Entoni Fauchi AQShda koronavirusga chalinganlar soni kuniga 100 ming kishiga yetishi mumkinligidan ogohlantirgandi. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar