Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev 6-oktabr kuni Qoraqalpog‘istonning Nukus shahriga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda shahar hokimligi axborot xizmati.
Qayd etilishicha, Ortiqxo‘jayev tashrifi davomida Nukusdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayot, aholining turmush tarzi, shaharda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi.
Tashrif davomida Toshkent hokimi Berdaq nomidagi teatrda bo‘ldi, Istiqlol bog‘i va hozirda to‘liq ishga tushirilmagan quvvatlar bilan tanishdi.
Jahongir Ortiqxo‘jayev Nukus shahar hokimiga Istiqlol bog‘ini yangi loyiha asosida yanada ko‘rkam va fayzli qilish, bu yerdagi ko‘lda musiqali favvora tashkil etish borasidagi fikrlarini bildirdi.
Shuningdek, hokim Toshkent shahar iqtisodiyotini ko‘tarish, aholi farovonligini oshirish yo‘nalishida ham o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
Avvalroq Jahongir Ortiqxo‘jayev Sergeli tumanida Minerva World of Knowledge xalqaro universiteti qurilishi boshlanishi munosabati bilan o‘tkazilgan marosimda ishtirok etgani xabar qilingandi.
Izoh (0)