Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahri hokimligi Transport vazirligi va Turkiyaning Kalyon Ulastirma transport injiniring kompaniyasi bilan hamkorlikda 22-sentabrdan boshlab poytaxt transporti va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha bosh rejani yaratish yo‘lida fuqarolar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazishni boshladi. Bu haqda Toshkent transport boshqarmasiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Transport boshqarmasi, “Toshshahartransxizmat” kompaniyasi va boshqa tuzilmalari xodimlarining 500 dan ortiq volontyorlari to‘g‘ridan to‘g‘ri fuqarolar o‘rtasida jamoat transporti xizmatlaridan, to‘xtash joylari soni va eng ko‘p ishlatiladigan marshrutlardan qoniqishlari bo‘yicha so‘rov o‘tkazadi. Transport boshqarmasi aholini ko‘proq qamrab olish uchun fuqarolardan savollarga onlayn javob berishni so‘ramoqda. Har bir so‘rov besh kun davomida o‘tkaziladi.

Bosh reja nima va u nima uchun kerak?

Bosh reja — bu shaharning transport sohasidagi rivojlanish strategiyasi. So‘rovnoma davomida yig‘ilgan ma’lumotlar aholining harakatlanish oqimini modellashtirish yo‘lida foydalaniladi. Bu esa istiqboldagi 15 yil davomida transport xizmatlariga bo‘lgan talabni hisobga olgan holda transport rejalashtirishni rivojlantirish imkonini beradi.

Toshkent aholisi va mehmonlarining javoblaridan kelib chiqib transport trafigining zichligi va shaharning turli nuqtalaridagi aholining konsentratsiyasi aniqlanadi. Ushbu ma’lumotlar svefotorlarni to‘g‘ri sozlash, jamoat transportlari marshrutini optimallashtirish, yangi marshrutlarni joriy etish va veloyo‘laklar, metropolitan va boshqa turdagi transport vositalarini aholi talabidan kelib chiqib qurish imkonini beradi.

Qanaqa so‘rovlar o‘tkaziladi?

22-sentabrdan 26-sentabrga qadar volontyorlar 28 ta lokatsiya bo‘yicha Toshkentdan kirish va chiqish joylaridagi haydovchilar o‘rtasida yo‘l bo‘yi so‘rovlarini o‘tkazadi. Respondentlarga harakatlanish joyining boshlanishi va yakuniy manzil, safardan maqsad, transport vositasining turi va yo‘lovchilar soni bo‘yicha savollar beriladi. Bu kabi harakatlarni muntazam amalga oshiruvchilar quyidagi havola orqali so‘rovnomada ishtirok etishi mumkin.

Shundan so‘ng, volontyorlar shahar avtoturargohlardagi haydovchilar o‘rtasida so‘rov o‘tkazadi. Savollar shaklidan bo‘sh avtoturargohni qidirishga ketadigan vaqt, turargohlar sonidan qoniqish, respondentning yashash joyi, safar maqsadi va boshqalar o‘rin olgan. Internet-so‘rovnoma barcha haydovchilar uchun ushbu havolada mavjud. Avtoturargoh ID’si bo‘limiga mo‘ljalni belgilash lozim.

Shundan keyin bekatlardagi jamoat transporti yo‘lovchilari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkaziladi. Yo‘lovchilarga harakatlanish manzilining boshlanishi va yakuniy manzil, to‘lov turi (standart (1400 so‘m), chegirma bo‘yicha, bepul) jamoat transporti vositasini necha marotaba almashtirishi, shuningdek, jamoat transportining xizmat ko‘rsatish sifati haqida savollar berilib, ularning takliflari qayd etib boriladi. So‘rovnomadan quyidagi havola orqali o‘tish mumkin. U o‘zini jamoat transporti yo‘lovchisi deb hisoblaydigan barchaga mo‘ljallangan.

Bundan tashqari, aviayo‘lovchilar uchun ham so‘rov shakli taqdim etilgan. Undan shahardan aeroportgacha foydalaniladigan transfer, avtoturargohlar soni va aeroport infratuzilmasidan qoniqish, safar maqsadi va boshqa savollar o‘rin olgan. Onlayn-so‘rovnomada aviatashuvchilar xizmatidan muntazam foydalanadiganlar ishtirok etishi mumkin.

Eng so‘nggida volontyorlar uyma-uy yurib fuqarolar o‘rtasida so‘rov o‘tkazadi. Respondentlarga ish yoki o‘qish joyi va uy manzili (bu eng ko‘p foydalaniladigan marshrutlarni aniqlash uchun zarur), oilada shaxsiy transport vositasining borligi, uning turi va ayrim texnik tavsiflari, shuningdek, avtoturargohl bo‘yicha savollar beriladi.

Bundan tashqari, fuqarolardan ko‘chalarning, jamoat transporti vositalaridan qoniqish darajasi, muntazam harakatlanuvchi marshrutlar bo‘yicha ma’lumotlarni qayd etish so‘raladi.

So‘rov shaklidan oilaning umumiy va respondentning shaxsiy daromadi bo‘yicha savollarni ham o‘z ichiga olgan. Transport boshqarmasining ma’lum qilishicha, bu jamoat transportlarining biridan boshqasiga o‘tilganidagi qiymatni va boshqa tariflarni aniqlash uchun zarur.

Ushbu so‘rovda Toshkent shahrining barcha fuqarolari va mehmonlari ishtirok etadi oladi.

Avvalroq Toshkent shahrida yaqin 3 oy ichida jamoat transporti yo‘nalish tarmog‘i optimallashtirilishi haqida xabar qilingan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzilada halok bo‘lganlar soni 9 mingdan oshdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Toshkent yerusti metrosining qurilish ishlari bilan tanishdi 
Mahalliy
Mudofaa vazirligida qator tayinlovlar amalga oshirildi