“Milan” klubi 2019-yilning 30-iyunidan 2020-yilning 30-iyuniga qadar bo‘lgan muddat ichidagi moliyaviy hisobotlarni ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, milanliklar klubining zarari 195 million yevroni tashkil qilgan. Bu “Milan” uchun antirekord hisoblanadi.
Ko‘rilgan zarar miqdorining bu qadar ko‘pligiga koronavirus pandemiyasi sabab bo‘lgan. Buning oqibatida klub inqiroz holatiga kelib qolgandi.
Shunga qaramay klub egalari muntazam investitsiya kiritgan holda klubning moliyaviy barqarorligini saqlab turibdi.
Ma’lumot uchun, “Milan” klubi AQShning “Elliott Management Corporation” investitsion fondiga tegishli. 2018-yilda jamoaning sobiq xo‘jayini Li Yunhun kredit qarzdorligidan chiqa olmagach, Milan shahri jamoasi amerikaliklar qo‘liga o‘tib ketgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)