Professional futbol Ligasi (PFL) Coca-Cola Superliganing sentabr oyidagi eng yaxshi o‘yinchisini aniqlash uchun o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, “Nasaf” hujumchisi Bobur Abduxoliqov oyning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida e’tirof etildi. Abduxoliqov o‘tgan oyda Superliganing 4 o‘yinida beshta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Qarshiliklar forvardi ushbu nom uchun kurashda OKMK yarim himoyachisi Elguja Grigalashvili va “Lokomotiv” hujumchisi Temurxo‘ja Abduxoliqovni ortda qoldirdi.
Avvalroq “Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev sentabr oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘lgandi.
Mavzuga doir: Superliga 18-tur ramziy terma jamoasi e’lon qilindi
Shuningdek, PFL oyning eng chiroyli gol muallifi sifatida “Andijon” futbolchisi Abdullo Olimovni e’tirof etdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)