Braziliyalik tajribali yakkakurashchi Rafael dos Anyosda (29-13) koronavirus aniqlandi.
Dos Anyos 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan UFC 254 musobaqasida rossiyalik yakkakurashchi Islom Maxachevga (18-1) qarshi jang qilishi rejalashtirilgandi. Endilikda mazkur jang bekor bo‘ldi.
Ayni damda Abu-Dabida yengil vazn toifasi ishtirokchilari orasida Maykl Chendler (21-5) bor va u jangda Rafaelning o‘rnini egallashi mumkin.
UFC 254 musobaqasi 24-oktabr kuni Abu-Dabidagi “Jangchilar oroli”da bo‘lib o‘tadi. Kechaning markaziy jangi Habib Nurmagomedov va Jastin Getji o‘rtasida yengil vazn toifasi chempionligi uchun kechadi.
Islom Maxachev ayni damda UFC reytingida 11-o‘rinda bormoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)