• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12760.21
    • RUB160.08
    • EUR14704.87
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Tramp COVID-19’ga chalinib qoldi, Bayden xavf guruhida. Agar hammasi eng yomon ssenariy bo‘yicha ketsa, saylovlar bekor qilinishi mumkinmi?

    Tramp koronavirusga chalinib qoldi, Bayden xavf guruhida. Agar hammasi eng yomon ssenariy bo‘yicha ketsa, saylovlar bekor qilinishi mumkinmi? — shu mavzu bo‘yicha Meduza kartochkalar tayyorladi.

    Foto: EPA

    Foto: EPA

    O‘zi nima bo‘ldi?

    Donald Trampga o‘zida koronavirus aniqlanganidan keyin yotqizilgan kasalxonadan javob berilganini ma’lum qildi. Davolanishni endi Oq uyda davom ettiradi. Bu kasallik yengil kechayotgani haqidagi rasmiy ma’lumotni tasdiqlaydi, ammo Amerika mediamakonida vaziyat murakkablashishi mumkinligi haqida mish-mishlar yuribdi. Aslida nima bo‘lgan taqdirda ham, Trampning saylovdan bir oy avval kasal bo‘lib qolgani saylov kampaniyasining borishiga ta’sir qilishi muqarrar. Masalan, Trampning karantinga olinishi tufayli, prezident telemunozaralarning ikkinchi raundi xavf ostida qoldi. 29-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan birinchi telemunozaralarda Tramp o‘z raqibi Jo Bayden bilan shaxsan uchrashgandi; u allaqachon ikki marta koronavirusga test topshirgan, ikki marta ham javob salbiy chiqqan. Shunga qaramay, saylovlardan keyin ko‘p o‘tmay, 78 yoshni qarshi oladigan Bayden xavf guruhida qolmoqda.

    Tibbiy prognozlar qilish kerak emas, albatta, ammo Trampning o‘zi uchun ham kasallik oldindan aytib bo‘lmaydigan va uzoq vaqt davom etadigan oqibatlarga ega bo‘lishi mumkin. Matbuotning Oq uydan kelayotgan axborotning to‘g‘riligiga ishonch bildirmayotgani haqida aytmasa ham bo‘ladi. Shunday ekan, voqealar eng kutilmagan ssenariy bo‘yicha rivojlanishi mumkin.

    Trampning kasalligi saylovoldi poygasining borishiga qanday ta’sir qiladi?

    Hammasi kasallikning og‘irlik darajasiga bog‘liq. Hattoki agar AQSh prezidentida kasallik haqiqatan ham, o‘zi aytayotgandek, yengil kechayotgan bo‘lsa, unga to‘la-to‘kis karantin kerak. Uning har qanday shaxsiy uchrashuvi, ustiga-ustak, omma oldiga chiqishi shu zahoti Trampning o‘z hamkasblarini nazar-pisand qilmasligi haqidagi ayblovlar to‘lqinini paydo qiladi. Ikkinchi tomondan, vaziyat eng silliq kechgan taqdirda — agar Tramp haqiqatan ham tez tuzalsa — siyosiy texnologlar qanday qilib “prezident koronavirusni shaxsan o‘zi yenggani” hikoyasini mohirona “sotish” imkoniyatiga ega bo‘ladi.

    Tramp kasal bo‘lgunicha, pandemiya boshidayoq shu narsa aniq-ravshan ediki, internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali saylovoldi tashviqotining roli oshib ketadi. Qandaydir darajada karantin Baydenning foydasiga ishladi. U eng yorqin notiq emas, u keksayib qolgan, shunday ekan normal poyga uning uchun og‘ir sinovga aylanishi mumkin edi. Endi Demokratik partiyadan nomzod muttasil saylovoldi mitinglari bilan mamlakatni kezib yurishi kerak emasligini belgilovchi sabab endi siyosiy jihatdan ancha asosliga aylandi.

    Aksincha, Trampda onlayn-kampaniya bilan bog‘liq kutilmagan muammo paydo bo‘ldi: uning bosh maslahatchilaridan biri — Bred Parskeyl psixiatrik klinikaga tushib qoldi. 2016-yilda u tomonidan ishlab chiqilgan raqamli saylovoldi strategiyasi Trampning g‘olib chiqishida hal qiluvchi rolni o‘ynagan bo‘lsa, ajab emas. 2020-yil mavsumida u saylovoldi shtabida allaqachon bosh maslahatchilikni egallagan edi. Parskeylning tayinlanishi kampaniyaning internet tarkibi birlamchi bo‘lishini bildirishi aniq edi. Amerika OAVlari xabar qilishicha, yaqinda unda asab buzilishi yuz bergan, keyin uni o‘z joniga qasd qilishga urinishdan qutqarib qolishgan va majburiy davolanishga yuborishgan, shunday ekan, saylovoldi shtabiga qaytib kelishi amri mahol. Bu orada Trampda koronavirus tasdiqlanganida, internetdagi kampaniya shunchaki juda muhim emas, balki hal qiluvchi bo‘lishi yaqqollashdi.

    Telemunozaralar nima bo‘ladi?

    Aynan hozir kamida yaqin orada munozaralar raundini o‘tkazish istiqboli katta gumon ostida, ammo Trampning jamoasi prezident tuzalayotganini va uni keying qoldirishga sabablar yo‘qligini ta’kidlamoqda. Biroq bu amalga oshgan taqdirda ham, poygaga hal qiluvchi ta’sirni o‘tkazishi dargumon. Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, prezidentlik munozaralari saylovchilarning kimni afzal deb bilishiga kamdan-kam kuchli ta’sir qilishi mumkin. Saylovchilarni saylovlarda u yoki bu nomzodga ovoz berishga undovchi asosiy omil — bu baribir ularning yillar davomida to‘plangan obro‘yi. Tramp anchadan buyon endi “qora ot” (g‘alabaga da’vogarligi avval muhokama qilinmagan, kutilmaganda kuchli nomzod yoki g‘oliblikka da’vogar) emas. Baydendan, ayniqsa, “portlashlar” kutishmayapti. Muhimi shunchaki, saylovchilarga o‘zini unuttirmaslikdir.

    Ko‘pchilik kuzatuvchilar Baydendan munozaralarda Trampga nisbatan yomonroq natija kutgan edi, ammo u birinchi munozaralarda u o‘zini anchayin munosib tutdi, hech bo‘lmaganda o‘z raqibining fonida shunday ko‘rindi. Ammo bu Trampning ommabopligiga keskin ta’sir o‘tkazishi amri mahol, chunki “yadroviy elektorat” (uning tarafdorlari doirasi) uni har qanday vaziyatda qo‘llab-quvvatlaydiganga o‘xshaydi. Saylovoldi kampaniyasi mobaynida unga qarshi yetarlicha yangi kompromatlar paydo bo‘ldi, bu hali uning koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha shak-shubhaga o‘rin qoldiradigan strategiyasini hisobga olmaganda. Bu reytingga ta’sir o‘tkazgan bo‘lsa ham, uni biror marta tushirib yubormadi.

    Nima bo‘lganda ham, alohida e’tibor shu haftaga belgilangan vitse-prezidentlik munozaralariga qaratiladi. Bu yerda esa diqqat markazida — Kamala Xarris bo‘lib, u ushbu lavozimga demokratlardan da’vogarlik qilmoqda. Uning nomzodi ilgari surila boshlagandan buyon Amerika mediamakonida ba’zi-ba’zida shunday tezis takrorlanib turibdi: Demokratik partiya g‘olib chiqqan taqdirda uning Oq uydagi roli vitse-prezidentning an’anaviy vakolatlaridan ko‘ra ancha baland bo‘ladi. Hozirgi vaziyat esa buni tasdiqlayotgandek go‘yo.

    Agar hammasi juda yomon ssenariy bo‘yicha ketsa, respublikachilardan nomzod kim bo‘ladi? Vitse-prezident Mayk Pensmi?

    Fakt emas. Mayk Pens — amaldagi vitse-prezident va agar Trampga nimadir bo‘lgudek bo‘lsa, prezident vazifalarini bajaradi. Ammo bu uni prezidentlikka nomzod sifatida Trampning o‘rnini avtomatik ravishda bosuvchi qilmaydi. Ilgari surish jarayonida eng muhim rolni mamlakatning ikkita eng yirik partiyasi — Respublikachilar va Demokratlar partiyasi o‘ynaydi. Ularning har birida favqulodda vaziyatda o‘z nomzodini o‘zgartirish jarayoni ko‘zda tutilgan. Partiya reglamentlari — qonun emas, ammo partiyaning Amerika siyosatidagi roli shunchalik kattaki, bu masalada ularning jarayonlarining qonuniyligi odatda shubha ostiga olinmaydi.

    Demak, Respublikachilar partiyasi shunchaki Trampning o‘rniga boshqa odamni nomzod qilib ko‘rsatadimi?

    Hammasi bunday oddiy emas. Katta muammo shundaki, saylovlargacha bir oydan kam vaqt qoldi, nomzodni ilgari surish esa vaqt talab qiladi. Respublikachilarda buni teng hissada 168 ta shtatga vakillik qiluvchi shuncha shuncha kishidan iborat Milliy qo‘mita amalga oshirishi kerak. Albatta, bu vaziyatda Pensning imkoniyatlari sal ustunroq (kamida chunki respublikachilar to‘la-to‘kis praymeriz o‘tkazmadi, uning nomzodi esa partiya syezdida tasdiqlandi, bu yerda yana qanday mezonlarga tayanish mumkinligi tushunarsiz). Yana bir variant — Trampni ilgari surgan o‘sha partiya syezdini yana yig‘ish, ammo bu 2,5 ming kishi degani, ularning kelishib olishi yanada qiyinroq bo‘ladi.

    Ammo agar respublikachilar yangi nomzod haqida kelishib olishga muvaffaq bo‘lganda  ham, uning familiyasini byulletenga kirita olishlari aniq emas. Gap shundaki, Amerika saylov tizimi shunday tuzilganki, byulleten shaklini har bitta shtat tasdiqlaydi va so‘nggi o‘zgartirishlar muddati allaqachon o‘tib bo‘lgan. Boshqa so‘z bilan aytganda, nomzodni almashtirishga bo‘lgan o‘z huquqini isbotlash uchun, respublikachilar sudga borishiga to‘g‘ri keladi. Bunga esa vaqt yetmay qolishi mumkin.

    Yana bir muammo — ovoz berish avjiga chiqib bo‘lgan. Ushbu maqola tayyorlanayotgan paytgacha  pochta orqali ikki million kishi ovoz berishga ulgurgan edi. Nomzod almashtirilgan taqdirda ularning ovozlari nima qilinishi umuman tushunarsiz.

    Ammo vafot etgan odamni prezident qilib saylash mumkin emas-ku?

    Bu yerda Amerika saylov tizimi yordam berishi mumkin. Rasman AQSh fuqarolari prezidentni emas, yakuniy qarorni qabul qiladigan saylovchilar (saylashga vakil qilingan kishilar) kollegiyasini saylaydi. Deyarli butun Amerika tarixi davomida saylashga vakil qilingan kishilar shunchaki fuqarolar xohishini bajaruvchi bo‘lib kelgan (bu ko‘pchilik odamlar bitta nomzodga, kollegiyaning ko‘pchiligi esa shaklining o‘ziga xosligi tufayli — boshqa nomzodga ovoz bergan holatlarda bahsli holatlarni ham keltirib chiqaradi; 2016-yildagi saylovlarda shunday bo‘lgan edi), biroq aynan hozir ularning fikri haqiqatan ham hal qiluvchi bo‘lishi mumkin. Gap shundaki, barcha shtatlar ham saylashga vakil qilingan kishilarga saylovchilar fikriga mos ravishda ovoz berish majburiyatini yuklamaydi, hattoki bunday majburiyat mavjud bo‘lgan shtatlarda ham, uni buzganlik uchun sanksiya unchalik katta emas. Demak, agar partiya o‘rinbosar nomzodni aniqlasa, saylashga vakil qilingan kishilar shunchaki unga ovoz berishi mumkin. Yoki boshqa biror da’vogarni qo‘llab-quvvatlashi mumkin — buning ehtimoli kamroq. Axir prezidentlikka nafaqat Demokratlar va Respublikachilar partiyasi vakillari, balki, Libertarian partiyasidan Jo Jorgensen, yoki Kanye Uest ham da’vogarlik qilishi mumkin.

    Agar nomzodlardan hech biri saylashga vakil kishilarning ko‘pchilik ovozlarini to‘play olmasa, unda prezidentni vakillar palatasi saylaydi. Bu holda har bitta shtatning bittadan ovozi bo‘ladi.

    Har qanaqasiga, voqealarning ekstremal rivojida yutqazgan partiya yutgan partiyaning xatti-harakatlari ustidan sud tartibida shikoyat qilishga urinishi mumkin. Ish Oliy sudgacha borishi ehtimoli katta, u esa Rut Ginzburgning o‘limidan keyin noto‘liq tarkibda majlis qilib, potensial masalalarni voqeaning legitimligiga qo‘shib bormoqda.

    Bunday qiyinchiliklarga chap berish uchun saylovlarni shunchaki boshqa vaqtga ko‘chirsa bo‘lmaydimi?

    Bo‘ladi, lekin Tramp yoki Pensning (agar uning o‘rnini egallasa) vakolatlari muddatini bu uzaytirmaydi. Yozda ham ovoz berishni koronavirus tufayli keyinga qoldirishni Trampning o‘zi taklif qilgan edi. Bu yerda saylov jarayonining o‘zi qanday tuzilganini yana bir marta eslash muhim. Dastlab saylovchilar kollegiyasini saylash bo‘lib o‘tadi (biz prezident saylovlari deb ataydigan narsa shu, 1845-yildan buyon u noyabrning birinchi dushanbasidan keyingi seshanba kuni bo‘lib o‘tadi), so‘ng kollegiya to‘planadi va rasman prezidentni saylaydi (bu vaqtgacha odatda uning ismi allaqachon ma’lum bo‘ladi; bu yil bu 14-dekabrga to‘g‘ri keladi — qonunga ko‘ra, “dekabrning ikkinchi chorshanbasidan keyingi birinchi dushanba”).

    Konstitutsiyaga muvofiq, ikkala ovoz berish muddatlarini ham kongress belgilaydi, u yerda esa vakillar palatasida ko‘pchilikni demokratlar tashkil qiladi, shuning uchun ular, Jo Baydenga nimadir bo‘lgan taqdirdagina saylovlarni keyinga qoldirishga rozi bo‘lsa kerak (amerikalik yuristlar tomonidan muhokama qilingan yana bir variant — shtatlarning o‘zlari saylashga vakil kishilarni saylashni kechiktirib turishi mumkin, ammo Amerika qonunchiligining bu yerida joy bo‘sh qolgan).

    Nima bo‘lganda ham bu amaldagi ma’muriyat muddatini uzaytira olmaydi. 1933-yilda AQSh Konstitutsiyasiga yigirmanchi tuzatish kiritilgan bo‘lib, unga ko‘ra, “prezident va vitse-prezident vakolatlari muddati ko‘rsatilgan vakolatlar tugashi kerak bo‘lgan yil yanvarining 20-kuni yarmida tugaydi”.

    Agar saylovlar qoldirilsa, kim prezident bo‘ladi?

    U holda 1947-yilda qabul qilingan “Prezidentlikning meros bo‘lib o‘tishi to‘g‘risidagi dalolatnoma” amal qilishni boshlaydi. Unga ko‘ra, “merosxo‘rlik ketma-ketligi”da vitse-prezidentdan keyin vakillar palatasi spikeri turadi, hozirda u demokrat (va Trampga qarshi impichmentning bosh tashkilotchilaridan biri) Nensi Pelosidir. Navbatda undan keyin — senatning vaqtinchalik prezidenti respublikachi Chak Grassli. Ulardan keyin esa davlat kotibidan boshlanib, uzoq davom etadigan ma’muriyat mansabdorlari turadi.

    Ushbu “Dalolatnoma”ning qo‘llanilishi ham Oliy suddagi eshituvlar bilan yakunlanishi mumkin. Gap shundaki, uning konstitutsiyaga muvofiqligi yuzasidan shubhalar aytilgan, chunki u kongressmenlarga (ikkala palata raislariga) prezident lavozimini egallash huquqini beradi, Konstitutsiya esa bu ularga tegishli bo‘lmagan “mansabdor shaxs” bo‘lishini talab qiladi.

    Saylovlar yaxshi o‘tsa-yu, undan keyin g‘olibga nimadir bo‘lsa-chi?

    U holda ko‘p narsa qayg‘uli voqealar aynan qachon sodir bo‘lishiga bog‘liq.

    Saylovchilar kollegiyasida ovoz berishgacha

    U holda yana qaror saylashga vakil kishilar tomonidan qabul qilinadi. 1872-yildagi prezident saylovlarida aynan shunday bo‘lgan edi, o‘shanda nomzod Xoras Grili umumiy ovoz berishdan keyin, biroq saylovchilar kollegiyasi ovoz berishidan oldin vafot etgan edi. Lekin umumiy ovoz berishda shundoq ham Uillis Grant katta farq bilan g‘olib chiqqani uchun, Grilining vafoti saylovning natijasiga hech qanday ta’sir qila olmas edi. Grili uchun ovoz berishi kerak bo‘lgan saylovchilar (vakillar)ning ko‘pchiligi ularni qolgan muxolifatchi da’vogarlar o‘rtasida bo‘lishib oldi. Ammo uch kishi baribir Griliga ovoz berdi, va kongress (u kollegiyadagi ovoz berishni tasdiqlab beradi) uzlarni qabul qilishdan bosh tortdi. Bu muhim pretsedent bo‘lib, saylovchi vakillar uchun marhum da’vogarga ovoz berish (masalan, uning vitse-prezidenti avtomatik tarzda prezident bo‘lishiga umid qilgan holda) katta risk bo‘lishi mumkinligini bildiradi. Hammasi yana partiya saylovchi vakillar bir ovozdan qo‘llab-quvvatlashi mumkin bo‘lgan o‘rinbosar nomzodni qanchalik tez ayta olishiga bog‘liq bo‘ladi. Aks holda, agar da’vogarlardan hech biri kollegiyada ko‘pchilik ovozni ololmasa, qarorni vakillar palatasi qabul qiladi.

    Kollegiyadagi ovoz berishdan keyin

    Bu yerda hammasi oddiyroq: ovoz berishdan keyin prezident va vitse-prezident saylangan hisoblanadi. Agar prezidentga nimadir bo‘lsa, uning o‘rnini vitse-prezident egallaydi, unga nimadir bo‘lsa — “Prezidentlikning meros bo‘lib o‘tishi to‘g‘risidagi dalolatnoma” amal qilishni boshlaydi.

    Butunlay chalkashtirib tashladingiz! Oddiy qilib ayting: AQShning keyingi prezidenti kim bo‘ladi?

    Aniq javobni sizga hozir hech kim ayta olmaydi. Ammo bu yoki Bayden (so‘rovlarda ancha ishonchli yetakchilik qilyapti, ammo demokratik elektoratning bir qismini, masalan, kelib chiqishi Lotin Amerikasidan bo‘lganlarni mobilizatsiya qilishda avvalgidek muammolarga uchramoqda), yoki Tramp bo‘lishi deyarli aniq. Agar ulardan birortasi poygadan chiqsa, ularning o‘rnini vitse-prezidentlikka nomzod bo‘lib turganlar: Kamala Xarris va Mayk Pens egallaydi.

    07.10.2020, 10:19   Izoh (0)   17186
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qirg‘iziston bosh vaziri iste’foga chiqdi. Bir kun avval qamoqdan ozod qilingan muxolifat vakili yangi bosh vazir bo‘ldi

    06.10.2020, 23:15

    Qora tuynukni o‘rgangan uch olim fizika bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi

    06.10.2020, 21:14

    Moskvada may oyidan beri ilk bor bir sutkada 4 mingdan ortiq kishida COVID-19 aniqlandi

    06.10.2020, 19:44

    Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasi parlament saylovi natijalarini haqiqiy emas deb topdi

    06.10.2020, 16:11

    Bishkek shahriga namoyishchilar tomonidan yangi mer tayinlandi

    06.10.2020, 13:43

    JSST: Koronavirusga Yer aholisining 10 foizi — 780 mln kishi chalingan bo‘lishi mumkin

    06.10.2020, 13:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring

     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Instagram: Malika Ravshanova 90 ming dollarlik avtomobil xarid qildi, Shahlo Zoirova o‘qishni bitirdi, Parizoda oilasida judolik

    Shou-biznes | 16 iyun, 10:58

    “Go‘sht, sut, parranda go‘shti va tuxum narxi barqaror bo‘lishi shart” — Shavkat Mirziyoyev

    O‘zbekiston | 16 iyun, 10:52

    Abbosbek Fayzullayev APL klubi “short-listi”dan joy oldi (foto)

    Sport | 16 iyun, 10:50

    Prezident administratsiyasining Nazorat inspeksiyasi tugatiladi

    O‘zbekiston | 16 iyun, 10:44

    Eronliklar poytaxtni ommaviy tark etmoqda (video)

    Dunyo | 16 iyun, 10:43

    Hindistonda ko‘prik qulashi oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 16 iyun, 10:15

    “O‘zi bilib joyini bo‘shatib qo‘ysin” — Shavkat Mirziyoyev suyultirilgan gaz muammosi bo‘yicha rahbarlarga so‘nggi ogohlantirish berdi

    O‘zbekiston | 16 iyun, 10:15

    Ko‘zoynak tanlashda eʼtibor qaratish lozim bo‘lgan 7 ta jihat

    Layfstayl | 16 iyun, 10:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.