Ijtimoiy tarmoqlarda “baqiroq va yig‘loqi” memi bilan mashhur bo‘lgan Inki laqabli mushuk, 11 yoshida ko‘krak saratonidan vafot etdi. Bu haqda uning egasi Kiana MakMillan Twitter sahifasida ma’lum qilgan, deb yozadi Esquire.
Ta’kidlanishiga qaraganda, saratondan qiynalgani sabab maxsus preparat yordamida uxlatib qo‘yilgan mushuk, egasining bag‘rida vafot etgan.
https://twitter.com/watery_day/status/1310352339648217088
Ayol sevimli mushugining boshqa azoblanmasligi, och qolmasligi va zaiflashmasligini o‘ylab yengil tortgani, ammo yo‘qotishdan tushkunlikka tushgani va uni juda ham sog‘inayotganini bildirgan.
https://twitter.com/watery_day/status/1087500486213722115
Ma’lumot uchun, “baqiroq va yig‘loqi mushuk” surati 2015-yil Tumblr’da paydo bo‘lgan, keyinchalik esa foydalanuvchilar tomonidan hozirga qadar mashhur hisoblangan mem versiyasi yaratilgan.
https://twitter.com/its_inkky/status/1187966091407937536
https://twitter.com/its_inkky/status/1186168755769864193
2020-yilda MakMillan o‘zini, mashhur mushuk egasi ekanligini ma’lum qilgan. Shundan keyin ijtimoiy tarmoqlarda Inkining boshqa video va suratlari ham tarqala boshlagan.
Mavzuga doir:
- Yonayotgan uy surati 2020-yilning yangi memiga aylandi. Hamma gap oynadan sakrab qochishga uringan mushukda
- Raqsga tushayotgan qora tanli tobutkashlar haqidagi mem juda mashhur bo‘lib ketdi. Endi ular bilbord, kompyuter o‘yinlari va hatto Lego’da ham bor (video)
- Possum ofisni ostin-ustun qilib, burchakdan qo‘nim topdi. Endilikda u og‘ir dushanba va yoqimsiz ish haqidagi memga aylandi
Izoh (0)