Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi 3-saralash bosqida “Rostov” 24-sentabr, payshanba kuni “Makkabi”ga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvning 9-daqiqasida Eldor Shomurodov Yevrokuboklardagi debyut golini urgan holda rostovliklarni oldinga olib chiqdi. 20-daqiqada Nikita Rukavitsa muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi.
Ikkinchi bo‘lim teng kurashlar ostida boshlandi. 60-daqiqada Muhammad Abu-Fani jarima maydoni tashqarisidan aniq zarba yo‘llab, isroilliklarning ikkinchi golini urdi.
Buning ustiga mezbonlar 68-daqiqada bir o‘yinchi kam bo‘lib qoldi: Danil Glebov maydon markazidagi o‘ta qo‘pol harakati uchun chetlatildi. Qolgan vaqtda o‘yin mehmonlar nazorati ostida kechdi va hisob o‘zgarmadi.
Shu tariqa “Rostov” Yevrokuboklardagi yurishini to‘xtatdi.
Mavzuga doir: Eldor Shomurodov nihoyat gol urdi. U 208 kunlik quruq seriyaga Yevropa Ligasida nuqta qo‘ydi (video)
Yevropa Ligasi
3-saralash bosqichi
24-sentabr, payshanba
“Rostov” Rossiya — “Makkabi Hayfa” Isroil 1:2
Gollar: 1:0 – 9 Shomurodov, 1:1 – 20 Rukavitsa, 1:2 – 60 Abu-Fani.“Rostov”: Pesyakov, Osipenko, Chernov, Kozlov, Hajikadunich, Glebov, Yeremenko (Xashimoto, 64), Normann, Bayramyan (Poloz, 64), Ionov, Shomurodov (Toshevski, 82).
“Makkabi Hayfa”: Koen, Xabshi, Mabuka, Arad, Planich, Abu-Fani (Rodriges, 83), Menaxem, Lavi, Sheri, Rukavitsa (Naxmani, 90), Xaziza (Ashkenazi, 85).
Ogohlantirishlar: Planich (45), Arad (88).
Chetlatish: Glebov (68).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)