“Rostov” hujumchisi Eldor Shomurodov Yevropa Ligasi 3-saralash bosqichi doirasida “Makkabi”ga qarshi bahsda (1:1, ikkinchi bo‘lim) gol urishga erishdi.

Foto: Twitter/@rostovfc

Bu Shomurodov uchun Yevrokuboklardagi debyut gol bo‘ldi.

Shu tariqa, o‘zbekistonlik futbolchi “Rostov” safidagi 15 o‘yinlik golsiz seriyasiga yakun yasadi. Eldor so‘nggi bor 29-fevral kuni RPL doirasida “Axmat” darvozasini ishg‘ol qilgandi (1:1).

Shomurodovning rostovliklar safidagi golsiz seriyasi 208 kun davom etdi.

Eslatib o‘tamiz, Shomurodov Rossiya Premyer Ligasining 2019/20-yilgi mavsumida 11 ta gol urgandi. 2020/21-yilgi mavsumning ortda qolgan 8 turida Eldor darvozalarni ishg‘ol qilolmagan edi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!