Futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 1-turidan o‘rin olgan 20-sentabr, yakshanba kungi o‘yinlar yakunlandi.

Foto: Twitter

“Yuventus” jamoasi o‘z uyida “Sampdoriya”ni qabul qildi. Uchrashuvning 13-daqiqasida Deyan Klusevski turinliklar safidagi debyut golini urgan holda mezbonlarni oldinga olib chiqdi.

78-daqiqada Leonardo Bonuchchi jamoasining ikkinchi golini urdi. O‘yin yakunlanishi arafasida Krishtianu Ronaldu yakuniy hisobni o‘rnatdi.

“Napoli” safarda “Parma” bilan o‘ynadi. Dris Mertens va Lorenso Insinyening ikkinchi bo‘limdagi gollari neapolliklarga g‘alaba keltirdi.

A Seriya

1-tur bahslari

20-sentabr, yakshanba

“Yuventus” — “Sampdoriya” 3:0

Gollar: 1:0 – 13 Kulusevski, 2:0 – 78 Bonuchchi, 3:0 – 88 Ronaldu.

“Yuventus”: Shensni, Bonuchchi, Kyellini (Demiral, 83), Danilo, Frabotta (De Shilo, 67), Kuadrado (Bentankur, 78), Rabo, Remzi, Makkenni, Kulusevski (Duglas Kosta, 82), Ronaldu.

“Sampdoriya”: Audero, Audjello, Kolli, Bereshinski, Depaoli (Ramires, 46), Torsbyu (Damsgor, 70), Ekdal, Yankto, Tonelli (Yoshida, 46), Bonatssoli (Verre, 70), Leris (Kualyarella, 46).

Ogohlantirishlar: Tonelli (4), Frabotta (54).

“Parma” — “Napoli” 0:2

Gollar: 0:1 – 63 Mertens, 0:2 – 77 Insinye.

“Parma”: Sepe, Brunu Alvesh, Darmian, Yakoponi, Petssella, Kutska, Brugman (Detsi, 69), Ernani, Grassi (Siligardi, 90), Ingleze (Karamo, 69), Kornelius.

“Napoli”: Ospina, Manolas, Kulibali, Hyusay, Di Lorenso, Insinye, Demme (Osimhen, 61), Zelinski (Lobotka, 88), Losano (Politano, 84), Fabian Ruis (Elmaz, 84), Mertens (Petanya, 89).

Ogohlantirishlar: Demme (35), Darmian (36), Brunu Alvesh (59), Petssella (73), Kutska (75).

“Jenoa” — “Krotone” 4:1

Gollar: 1:0 – 6 Destro, 2:0 – 9 Pandev, 2:1 – 28 Rivyer, 3:1 – 34 Zappakosta, 4:1 – 75 Pyatsa.

“Sassuolo” — “Kalyari” 1:1

Gollar: 0:1 – 77 Simeone, 1:1 – 87 Burabiya.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!