Navoiyda 11-sentabr kuni soat 02:30 larda Nexia haydovchisi velosiped boshqarib ketayotgan fuqaroni urib yubordi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Xatirchi tumani “Alisher Navoiy” MFY hududidan o‘tgan 4R-56 avtomobil yo‘lining 20-kilometrida 23 yoshli Nexia haydovchisi avtomobilni boshqarib ketayotib, qarshisidan mast holda harakatlanib kelayotgan 51 yoshli velosipedchini urib yuborgan.
Oqibatda velosiped haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Xatirchi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Namanganda Matiz haydovchisi velosiped boshqarib ketayotgan fuqaroni urib yuborgani, Navoiyda yuk mashinasi va velosiped to‘qnashishi oqibatida 65 yoshli velosipedchi voqea joyida vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)