“Arsenal” Angliya chempionatining 2020/21-yilgi mavsumini ochib bergan o‘yinda “Fulhem”ni mag‘lubiyatga uchratdi (3:0).
“Kanonirlar” hujumchisi Aleksandr Lyakazett uchrashuvning 9-daqiqasida hisobni ochdi. Bu Premyer Liga joriy mavsumining ilk goli bo‘ldi.
Fransiyalik futbolchi Angliya chempionatining 2017/18-yilgi mavsumida ham ilk golni urgan va bu gol uning Angliyadagi debyut goli bo‘lgandi.
Shu tariqa Lyakazett APL ikki mavsumining debyut goliga mualliflik qilgan tarixdagi ilk futbolchiga aylandi.
29 yoshli futbolchi Premyer Liga 2019/20-yilgi mavsumida 30 o‘yin o‘tkazib, 10 gol va 6 ta golli uzatma muallifiga aylangandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)