Fuqarolik kodeksining yangi tahriri haqida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjuman davomida fuqaroning rasmidan uning roziligisiz foydalanish taqiqlanishi yangi tahrir loyihasiga kiritilgan, deb ma’lum qildi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti direktori A’zam Madaminov.
“Fuqarolarni rasmidan ularning roziligisiz foydalanish mavzusi bugun juda dolzarb. Amaldagi Fuqarolik kodeksida birovning rasmini olib undan foydalanish uchun egasini roziligi kerak degan aniq norma yo‘q. Boshqalarning rasmidan roziliksiz bemalol foydalanib yurishibdi.
Masalani tartibga solish, jabrlangan tomonni huquqiy himoya qilish maqsadida yangi loyihaga alohida modda kiritilyapti. Bunda fuqaro tasviri qonunan himoyalanadi. Kimdir bir fuqaroning rasmi yoki tasviridan foydalanmoqchi bo‘lsa, uning roziligi kerakligi belgilab qo‘yiladi.
Albatta, istisno holatlar ham mavjud. Masalan, tezkor qidiruv holatlarida fuqaro roziligi talab qilinmaydi. Qolaversa, jamoat joylarida, har xil tadbirlarda tushirilgan suratlarni tarqatishga rozilik kerak bo‘lmaydi. Loyihada bu kabi holatlar ko‘rsatib o‘tilmoqda”, – dedi A’zam Madaminov matbuot anjumanida.
https://youtu.be/UDS1JEzOex0?t=396
Mavzuga doir:
- Fuqarolarga O‘zbekistonning istalgan joyida nikohni qayd etishga ruxsat berilishi mumkin
- Vazirlar Mahkamasi aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi bo‘yicha yangi qaror loyihasini e’lon qildi
- O‘zbekistonda avtomobilning sug‘urtasi yo‘qligi uchun jarima maydonchasiga joylashtirish amaliyoti bekor qilinishi mumkin
Izoh (0)