• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qamchiq dovonidan Qozog‘istongacha: Qurut tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi samarqandlik tadbirkor hikoyasi

    O‘zbekistonda “temir daftar” atamasi paydo bo‘lgach, respublikaning barcha hududlarida aholining ehtiyojmand qatlamiga issiqxonalar qurib berish, parranda va chorva mollari tarqatish hamda yangi ishchi o‘rinlari yaratish orqali kambag‘allikka qarshi kurashilmoqda. Samarqand viloyati Ishtixon tumani 3-sektor rahbari — tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Sirojiddin Sharipov ham o‘z hududidagi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlab, “temir daftar”dagi oilalar bandligini ta’minlamoqda. “Daryo” muxbiri viloyatga qilgan tashrifi chog‘ida qurut tayyorlash bilan shug‘ullanib kelayotgan “Nodirxon agro lyuks nur” MChJ rahbari Nodir Islomov korxonasida bo‘ldi.

    “Oilaviy tadbirkorga aylanishni niyat qilardik”

    “Faoliyatimiz dastlab 1993-yilda boshlangan. Volidam va biznesdagi ustozim Mahbuba hoji Islomova oila budjetiga hissa qo‘shish maqsadida uy yumushlaridan ortib, qurut tayyorlardi va uni Kattaqo‘rg‘on tumani dehqon bozorida sotardi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    1995-yil akam maktabni bitirdi va onamning dastyoriga aylandi. U qurutlarni Toshkent shahridagi Chorsu bozoriga olib borib, pullab kelardi. Boshida dadam biroz qarshilik ko‘rsatib, yosh bolani yolg‘iz begona joyga jo‘natmaganimiz ma’qul. Notanish odamlardan kaltak yeb, ham qurutni, ham pulini oldirib qo‘ymasin, degan gapni ko‘p takrorladi. Ammo volidam akamni mehnatkash bo‘lib ulg‘ayishini istardi. Oradan bir necha yil o‘tib, Xurshid akam Navoiy viloyatiga harbiy xizmatga ketdi. Uning o‘rniga men uydagilarning qanoti ostiga kirdim.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    2012-yili oilaviy tadbirkorligimizni kengaytirishga qaror qilib, “Nodirxon agro lyuks nur” MChJni tashkil etdik. 30 sotix yer maydonida sex bunyod bo‘lgach, ko‘plab ish o‘rinlari yaratishga erishdik. Shundan so‘ng asta-sekin faoliyatimiz hajmi ortib bordi.

    Bundan yigirma yil avval kun kelib katta tadbirkorga aylanishimizni niyat qilganimiz rost. Sababi boshida juda qiynalganmiz: foyda olish, o‘z xaridorlarimizni topish oson kechmagan. Shu ishimiz tufayli ota-onamga Haj ziyoratiga borish nasib qildi. Biz farzandlar uyli-joyli bo‘ldik, zamonaviy avtomashinalar oldik. Hammasi uchun behisob shukr!”.

    “Yuzlab mahalladoshlarni ish bilan ta’minladik”

    “Qishloqda istiqomat qilganim uchunmi, mahalla-ko‘ydagi ishsizlarga yordam qo‘lini cho‘zgim keladi, ular ham farovon hayotda yashashini istayman.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ayni paytda oilaviy korxonamizda 34 nafar xotin-qiz va yoshlardan iborat ishchimiz bor. Ular kuniga o‘rtacha 60-70 ming so‘m, bir oyda esa 2 million so‘mga yaqin daromad topishadi. Karantin vaqtida ham ishimizni to‘xtatmadik. Ishchilar orasida avval Rossiyaga borib, og‘ir mehnat qilganlar ham yo‘q emas.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Bundan tashqari, qo‘shni qishloqlardagi ishsiz o‘nlab fuqarolarni ham ish bilan ta’minlaganmiz. 30 ta oilaviy xo‘jalik biz tarqatgan suzma (chakki)dan xonadonlarida qurut tayyorlaydi va o‘zimiz tayyor mahsulotning bir kilosini ming so‘mdan sotib olamiz. Oyiga 3 million so‘mgacha, ya’ni hammaga harakati va qilgan ishiga yarasha maosh beriladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Shu o‘rinda aytishim kerakki, faoliyatimizni tuman davlat sanitariya va epidemiologiya osoyishtaligi markazi xodimlari kuchli nazorat qilib boradi. Sanitariya va gigiyena talablariga qat’iy amal qilib, ish yuritamiz”.

    “Mahsulotlarimiz Qozog‘istonga ham kirib bormoqda”

    “Asosiy xomashyomiz hisoblangan suzmani respublikamizning barcha viloyatlaridan ishonchli odamlarimiz orqali xarid qilamiz. Oyiga 30-40 tonna suzma yig‘amiz. Dasht hududlarda boqiladigan sigir sutidan olinadigan suzmadan tayyorlangan qurutlarga ehtiyoj katta. Odatda barcha tumanlardan keltirilgan suzmalarni aralashtirib, so‘ngra qurut ishlab chiqaramiz. Chunki qurut ta’mi me’yorida bo‘ladi: nordon yoki o‘ta yog‘li bo‘lib ketmaydi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Hozirgi pandemiya davrida oyiga 4-5 tonna qurut tayyorlab, xaridorlarga yetkazyapmiz. Qurutlarimizga nafaqat voha viloyatlari, balki vodiyda ham talab kuchli. Qamchiq dovonida patir nonlar bilan birga bizning qurutlarimiz ham sotiladi. Mahsulotlarimiz Qozog‘istongacha kirib borayotgani quvonarli, albatta”.

    “Ishtixon quruti brendga aylanadi”

    Qurut tayyorlashdan tashqari, besh yildan buyon pista qovurib, qadoqlash biznesi bilan ham shug‘ullanaman. Toshkent shahrining Uchtepa tumanida seximiz mavjud. Chust tumanining Olmos qishlog‘i va Toshkent viloyatining bir qancha tumanlaridan xom pistani xarid qilamiz. Oyiga 8-9 tonna pista qovurilib, qadoqlanadi va mahalliy bozorda sotiladi. Bir oyda o‘rtacha 4-5 million so‘m sof foyda topamiz.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Kelgusida har ikkala faoliyatimni ham kengaytirish niyatidaman. Ayniqsa, qurut eksportiga katta ahamiyat qaratmoqchiman. Afg‘oniston, Qirg‘iziston kabi O‘rta Osiyo davlatlaridan tashqari, o‘nlab Osiyo mamlakatlaridan ham biznes hamkorlar topib, Ishtixon qurutlarini brend darajasiga olib chiqishni maqsad qilganman”.

    Tadbirkorga transformator o‘rnatib berildi

    Sirojiddin Sharipov, Ishtixon tumani IIB boshlig‘i, podpolkovnik:

    “Tumandagi faoliyatimni boshlaganimga to‘rt oy bo‘ldi. May oyida sektor hududimga qarashli ‘Chinortepa’ mahallasi fuqarolari bilan uchrashib, ularning fikr va takliflarini eshitdim. Boshida mahalladagi ‘temir daftar’ga kirgan oilalarga jo‘jalar tarqatib, ko‘maklashmoqchi edim. Keyin bilsam, ‘Chinortepa’dagi aksariyat xonadon egalari uzoq yillardan beri qurut tayyorlab, tadbirkorlik qilisharkan. Ishbilarmonlar o‘zini qiynayotgan bir qancha muammolarga yechim topishda ko‘maklashishimni ta’kidlashdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Xususan, “Nodirxon agro lyuks nur” MChJ rahbari Nodir Islomov ishlab chiqarish sexi oldiga transformator o‘rnatish maqsadida bir yildan buyon turli tashkilotlarga yordam berishlarini so‘rab, sarson yurganini aytdi. Uning murojaatini qisqa vaqt ichida hal etdik”.

    Aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikka qarshi kurashda o‘ziga xos reja asosida ish yuritayotgan tumandagi to‘rtala sektor rahbariyati Ishtixonni qurutchilar hududiga aylantirishni maqsad qilgan. Bu borada, asosan, ayollar va yoshlarni doimiy ish bilan ta’minlashga alohida e’tibor berilmoqda.

    01.09.2020, 15:11   Izoh (0)   50395
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 2-sentabr kuni havo bulutli bo‘ladi, tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    01.09.2020, 14:58

    O‘zbekistondagi to‘yxona egalari to‘ylarni 70—100 kishi bilan o‘tkazish taklifi bilan chiqdi

    01.09.2020, 14:32

    O‘zbekistonda avgust oyida iste’mol narxlari darajasi qanchaga o‘sgani ma’lum qilindi

    01.09.2020, 14:10

    O‘zbekistonda talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasi oshiriladi

    01.09.2020, 13:26

    Yaponiyadagi o‘zbekistonliklar charter reys bilan vatanga qaytariladi

    01.09.2020, 12:32

    TikTok’ga avtomobil davlat raqamini yashiruvchi pardacha videosini joylashtirgan toshkentlik haydovchi jarimaga tortildi

    01.09.2020, 11:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.