TikTok videoservisiga avtomobil davlat raqamini yashiruvchi avtomatlashtirilgan pardacha videosini joylashtirgan toshkentlik haydovchi jarimaga tortildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, video muallifi do‘stlariga avtomobil davlat raqamini yashiruvchi avtomatlashtirilgan pardachani namoyish qilgan. Mazkur Lacetti rusumli avtomobilning turar joyi va haydovchisi poytaxtda yashovchi 36 yoshli S.A. ekanligi aniqlangan.
Tekshiruv davomida davlat raqamidagi pardachadan tashqari yorituvchi moslamalardan foydalanish qoidalari ham buzilganligi qayd etilgan. O‘rnatilgan moslamalar ikki nafar xolis ishtirokida yechilgan.
Avtomobil jarima maydonchasiga joylangan, haydovchiga nisbatan esa ma’muriy jarima belgilangan.
Izoh (0)