• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Rossiyaning Belarusga ta’siri, Turkiya va Hindiston o’rtasida kutilayotgan ziddiyat. Jahon matbuoti sharhi

    “Daryo” o‘tib borayotgan haftada dunyo matbuotida e’lon qilingan va muhokama markazida bo’lgan maqolalar sharhi bilan tanishtiradi.

    Putin Belarusga qo‘shin kirgiza olmasligining sabablari haqida

    Belarusdagi saylovlardan keyin mamlakatdagi siyosiy vaziyat o‘ta qaltislashdi, hattoki Putin Belarusga harbiy qo‘shinlarni kirgizishi mumkinligi haqida turli kospiratsiyaga boy nazariyalar ham yuzaga chiqdi, deb yozadi The Washington Post nashri.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Prezident Lukashenko doim Kreml hukumatining g‘ashiga tegib kelgan va ko‘p marotaba Belarus Rossiyaning tarkibiga kirmasligini va’da qilib kelgan. Lukashenko hattoki ko‘p marotaba Rossiyani gaz va neft yordamida Belarusni o‘ziga qo‘shib olishga harakat qilayotganlikda ayblab chiqqan. Belarusdagi saylovlar arafasida Belarus xavfsizlik xizmati ruslarning fitna guruhi qo‘lgan olingani va mamlakat chegarasining ikki tarafida qo‘g‘irchoqbozlar mamlakatda inqilob uyushtirishga tayyorlanayotgani haqida ma’lum qilgandi. Lukashenko nazarida inqilobni sharqda Rossiya, g‘arbda NATO qo‘llab-quvvatlayotgandek edi.

    Saylov natijalaridan keyin yuzaga kelgan mamlakat miqyosidagi norozilik namoyishlari natijasida Lukashenko bugun yana Rossiyaga xayrixohlik haqida gapira boshladi va vaziyat yanada keskinlashadigan bo‘lsa, Kremldan yordam berishni ham so‘radi. Rossiya yordam berishga tayyorligini bildirdi.

    Biroq 2014-yilgi Ukraina voqealari takrorlanlanishini kutmasa ham bo‘ladi. Putin Belarusga o‘z harbiylarini yuborishi ehtimoli ham mavjud. Belorusdagi siyosiy voqealarga Putin aralashadigan bo‘lsa, u holda rasmiy Kreml o‘z xatti-harakatini asoslab berishi mushkul bo‘ladi. Ukrainadan farqli ravishda, Belarusdagi namoyishlar ruslarga qarshi qaratilgan emas, aksincha 26 yillik diktaturani qulashi uchun yuzaga keldi. Qolaversa, o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovlarda bor yog‘i yetti foiz beloruslar mamlakatni Rossiyaga qo‘shilishini istaydi. Shunday ekan, Putinning Belarusga harbiy yordam kiritishi mantiqsiz tuyuladi. Ruslar harbiy yordami Belarusga kiritiladigan bo‘lsa, u holda Belarusdagi norozilik namoyishlari Moskvaga qaratilishi mumkin.

    Shunday vaziyatda rasmiy Kreml Belarusdagi siyosiy voqealarda maxfiy tarzda harakat qilmoqda. Rus ko‘magi eng avvalo Belarus televideniyesiga ko‘z tikkan. Aynan shu bois 14–19-avgust sanalarida Belarus televideniyesi xodimlari mamlakatdagi saylovlarning soxtalashtirilganiga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazdi va ish tashladi. Ayni shu manzarada Kremlning odamlari vaziyatni qo‘lga olib, ko‘rsatuvlar o‘z vaqtida namoyish qilinishini zimmasiga oldi. 21-avgust sanasida Lukashenko hattoki rus jurnalistlaridan televideniyedagi ishni davom ettirishi uchun yordam so‘raganligini ochiqladi.

    Televideniye esa rasmiy Minsk uchun o‘ta muhim. Lukashenko o‘z propagandasini tashviqotini olib bormasa, hokimiyatni qo‘ldan boy berishi aniq bo‘lib qoladi. Yordamga kelgan rus jurnalistlari darhol ishga kirishdi va Belarusdagi siyosiy manzarani rus ko‘zi bilan yorita boshladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Lukashenko o‘tkazgan ommaviy tadbirlarda hattoki rus bayrog‘ini ko‘tarib olgan guruhlarning ham ishtiroki kuzatildi. Bu guruhlar esa Kremlning moliyaviy ko‘magini olayotgani ham sir emas. O‘z navbatida, mazkur kuchlar agarda Belarusdagi siyosiy vaziyatda mag‘lub bo‘ladigan bo‘lsa, u holda ular Belarus jamiyatini ikki qutbga bo‘lib yuborish uchun ham harakat qila boshlaydi. Lukashenko esa mamlakat ommaviy axborot vositalari yordamida har qanday norozilik kayfiyatini bostirishga harakat qiladi.

    Rossiya esa Belarusdagi tashviqotini yanada kuchaytirishga bor kuchini sarflaydi. Belarus esa iqtisodiy jihatdan ko‘p jabhalarda Rossiyaga qaram. Rossiya va Belarusning harbiy havo hujumidan mudofaa tizimi ham bir. Belarus hududida, shuningdek, Rossiyaning ikki harbiy bazasi joylashgan. Belarus armiyasidagi aksar qurollar sovet va rus qurollari hisoblanadi. Belarus harbiylari Rossiya harbiy akademiyalarida tahsil oladi. Ikki mamlakat qurollari kuchlari vaqti-vaqti bilan harbiy mashg‘ulotlar ham o‘tkazib turadi. Belarusdagi siyosiy inqiroz boshlangandan beri Lukashenko faqat Putin bilan fikr almashib, Fransiya, Germaniya rahbarlarining telefon qo‘ng‘iroqlariga javob bermay kelmoqda.

    Belarusda vujudga kelgan vaziyat esa hozircha Putinning dahshatiga aylangan. Agarda demokratik, g‘arb tarafdorlari o‘z maqsadiga yetadigan bo‘lsa, u holda Belarus rahbari ta’kidlaganidek, Rossiya ham xavf ostida qolishi mumkin. Rasmiy Kreml esa buni istamasligi aniq. Putin esa Lukashenko harakati mag‘lubiyat bilan tugaydigan bo‘lsa, rasmiy Minskka Kreml taraf bo‘lgan nomzodni hokimiyat tepasiga kelishiga yordam berishi mumkin va bu hech qanday harbiylarni Belarusga kiritishsiz yuz beradi.

    Turkiyaning Pokiston bilan yaqinlashuvi Hindistonning jahlini chiqarishi mumkin

    Hind razvedka xizmati so‘nggi paytlarda Turkiya Pokistondagi hindlarga qarshi harakatning markaziga aylanayotgani haqida ma’lum qildi. Bu esa hind hukumatining rasmiy Anqaraga Saudiya Arabistoni, Misr, BAA, Gretsiya, Isroildan iborat ittifoqchilarga qo‘shilishi mumkinligi haqida tahdid xatini yubordi. Hind matbuotida Turkiya hukumati Pokiston bilan ittifoqchilikda Hindistondagi 182 million musulmonlarni radikallashtirishda ayblovchi maqolalar bosildi.

    Hindistonda ingliz tilida chop etiladigan The Indostan Times nashrida hind isteblishmenti bilan yaqin aloqalar o‘rnatgan jurnalist Shishir Gupta Turkiya Hindistonga qarshi faoliyatning markaziga aylangani haqida maqola yozib chiqdi. Maqolada, shuningdek, Erdog‘on boshchiligidagi turk hukumati hind yoshlarini Turkiyada tahsil olishlari uchun stipendiyalar berayotgani va hind yoshlarining Turkiyaga kelishi bilan pokistonliklarning ta’siriga tushib qolayotgani haqida ham gap boradi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Gupta tasvirlayotgan manzara esa Usmonlilar imperiyasi tomonidan o‘tkazilgan siyosatga ham o‘xshab ketadi. Hozirda Turkiya sunniy musulmon olamining so‘nggi xalifati sifatida ish tutib, barcha sunniy musulmonlarni Saudiya Arabistoni ta’siridan himoya qilishga bel bog‘lagan. Millatchi Bxarata Janata partiyasining yetakchisi Hindiston bosh vaziri Narendra Modining hind musulmonlariga qarshi siyosati Erdo‘g‘on uchun hind diyori o‘z ta’sir doirasini yoyishga unumdor o‘lka sifatida ko‘ringan bo‘lsa ajab emas.

    Erdo‘g‘onning bunday siyosatga yuz tutishini tarixiy ildizlari ham bor. Gap shundaki, Birinchi jahon urushidan so‘ng buyuk Porta mag‘lubiyatga uchragach hind musulmonlari “Xilofot” degan harakatni boshlashadi. Mazkur harakat orqali hind musulmonlari Usmonlilar imperiyasining sultoni hayotini saqlab qolmoqni maqsad qiladi, chunki musulmon sunniy jamoasi uchun sulton jamoa rahbari sifatida sanalardi. Biroq 1924-yilda Mustafo Kamol oxirgi sultonni mamlakatdan haydab yuborib, xalifalikni tugaganini e’lon qilgach, “Xilofot” harakati ham yo‘q bo‘lib ketadi. Erdog‘on esa o‘zini Otaturkning merosidan voz kechib, yana Turkiyani islom millatchiligining markaziga olib chiqishga urinayotgendek tutmoqda.

    Erdo‘g‘onning neo-islomchilik kayfiyati esa Pokistondagi panislomchi millatchilik kayfiyati bilan hamohang. Bu esa Modi hukumatini asabiga tegmoqda. Hind millatchiligiga urg‘u beryotgan modi esa hind musulmonlarining qutblashtirishga jim qarab ham turolmaydi. Ustiga ustak, Turkiya Pokistonning Kashmir borasidagi iddaolarini qo‘llab-quvvatlayotgani ham rasmiy Dehlini asabiylashtirmoqda.

    2019-yilning sentabr oyida BMT Bosh assambleyasida Erdo‘g‘on Hindistonni Kashmirning yarim muxtor maqomini bekor qilishda ayblab chiqib, Modining dala hovlisiga tosh otadi. Dehlining harakatlari natijasida Kashmir musulmonlari barcha huquqlaridan mahrum bo‘ladi. Turkiya ayblovlaridan g‘azablangan Modi esa Turkiyaga rasmiy tashrifini bekor qilib, arman, grek va kiprlik rasmiylar bilan muloqot uyushtiradi. Kurdlar masalasida uzoq vaqt betaraflik saqlab kelgan rasmiy Dehli bu safar Turkiyaning suriyalik kurdlar borasidagi “Tinch Bahor” harbiy amaliyotini keskin tanqid qilib chiqadi.

    Hindiston nazarida Kashmir masalasi Hindistonning ichki ishidir, ammo Pokiston talqinicha, musulmon jamoasi ko‘p bo‘lgan mazkur hudud o‘z taqdirini umumiy ovoz berish yo‘li bilan o‘zlari hal qilishi kerak. Hindiston ham, Pokiston ham yadro qurollariga ega davlatlar sanaladi. Ikki mamlakat hozirga qadar to‘rt marta bir-birlari bilan jang qilgan. Shu janglardan uchtasiga Kashmir masalasi sabab bo‘lgan.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    2020-yilning fevral oyida Erdo‘g‘on hind rasmiylarini g‘azabini keltirgan chiqish qiladi. O‘z chiqishida turk boshqoni “Kashmir masalasiga Turkiya ham befarq emasligini, Turkiya istibdodga qarshi turishini” ma’lum qiladi. Hattoki Erdo‘g‘on kashmirlik musulmonlarning hindlarga qarshiligini turklarning Galliopoldagi inglizlarga qarshi kurashi bilan tenglashtiradi. Erdo‘g‘onning mazkur bayonoti esa rasmiy Dehlining keskin bayonot bilan chiqishiga olib keldi.  Tinch okeani mamlakatlari bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchi olim Saljuq Cho‘laqog‘li Turkiya haddidan oshdi, deb masalaga izoh beradi.

    Turkiya azaldan Pokistonni qo‘llab-quvvatlab keladi. Pokiston ham Turkiyaning 1974-yilda Kiprga qarshi harakatlarini qo‘llagan edi. Ammo Erdo‘g‘on Kashmir masalasiga tez-tez to‘xtalib o‘tayotgani Dehlining Turkiyaga nisbatan qarashlarini o‘zgartirmoqda. Yaqinda Hindiston hukumati hind floti uchun harbiy kemalar ishlab chiqarish borasida imzolangan qiymati 2,3 milliard dollar bo‘lgan shartnomani bekor qilishni va Turkiya bilan adovati bor Armanistonga 40 million dollar qiymatdagi radar uskunalarini yetkazib berishni ma’lum qildi. Shunga qaramasdan Erdo‘g‘on Pokistonni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ma’lum qildi.

    Bu yil pandemiya bois BMT Xavfsizlik kengashi yana navbatdagi yig‘inini o‘tkazadi. Bu safar Turkiya yana hindlarga qarshi ritorikasini davom ettiradimi, bu hind-turk munosabatlari uchun sinov. Hindiston hukumati esa Anqarani hindlarga qarshi biror bir bayonot berishdan tiyilishga chaqirishi esa aniq.

    Qolaversa, Turkiyaning Pokistonni qo‘llab-quvvatlashi Pokistondagi ishchi kuchi, turk mahsulotlariga Pokistonda Hindistondagidek raqobatning yo‘qligi va eng muhimi Turkiya hukumatining yadro borasida Pokiston hukumati bilan aloqalari bilan izohlanadi. Pokiston esa dunyodagi yagona yadroviy davlat sanalar ekan, o‘zining bu maqomini yo‘qotishni istamaydi. Shu sababdan ham Turkiyaning Pokiston borasidagi siyosatini hissiyotlar bilan bog‘langan iqtisodiy, diplomatik ramziy ma’noga ega birodarlik deb talqin qilish mumkin.

    30.08.2020, 10:57   Izoh (0)   47271
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    BAA Isroilga nisbatan 48 yil davom etgan iqtisodiy boykotni bekor qildi

    30.08.2020, 09:11

    “Sharite” klinikasi Navalniyning ahvoli biroz yaxshilanganini ma’lum qildi

    30.08.2020, 08:57

    Kanada yalpi ichki mahsuloti 38,7 foizga qisqardi. Bu mamlakat uchun rekord ko‘rsatkich hisoblanadi

    30.08.2020, 07:31

    Shahzoda Uilyam va Garri malika Diananing yubileyi uchun uning haykalini buyurtma qildi

    30.08.2020, 07:21

    Ilon Mask miyasiga chip o‘rnatilgan cho‘chqani namoyish etdi (video)

    30.08.2020, 06:01

    Yaponiya virus blokatorlarining samarasizligini ma’lum qildi. Uni targ‘ib qilgan kompaniya esa afsusda

    30.08.2020, 05:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH hukumati muhojirlar haqida realiti-shou suratga olmoqchi

    Dunyo | 16 may, 23:55

    “Daryo” dayjesti: 16-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 16 may, 23:40

    Madura bo‘g‘ozi tubidan qadimgi hayot izlari topildi

    Dunyo | 16 may, 23:30

    Toshkentdagi go‘zallik salonida ayolning yuzi 80 foiz kuydirib qo‘yildi

    O‘zbekiston | 16 may, 23:16

    Superliga. “Surxon” o‘z maydonida “So‘g‘diyona”ni mag‘lub etdi

    Sport | 16 may, 23:06

    Dunyoning eng badavlat insonlarning rafiqalari qanday ko'rinishda?

    Layfstayl | 16 may, 23:05

    Fransiyada 200 dan ortiq fermer cheklovlarni bekor qilish uchun namoyishga chiqdi

    Dunyo | 16 may, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.