Ukraina hukumati xorij davlatlarining fuqarolarining mamlakat hududiga kirishiga koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari ko‘paygani sababli yana taqiq qo‘ydi. Xorijliklar 28-avgustdan 28-sentabrga qadar Ukraina hududiga kira olmaydi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vazirligi xabar tarqatgan.
Mamlakat fuqaroligiga ega shaxsning er-xotin, ota-ona va farzandlariga, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, ta’lim olish uchun kelgan hamda boshqa toifadagi xorijliklarga istisno tariqasida hududga kirishga ruxsat beriladi. Shuningdek, Ukrainaga tranzit orqali kelayotganlarga ham mazkur taqiq taalluqli emas.
Ukrainada koronavirus aniqlangan fuqarolar soni 112 ming nafardan oshgan, 2403 nafar kishi kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan. 54 mingdan ziyod bemor infeksiyadan forig‘ bo‘lgan. Oxirgi ikki hafta davomida mamlakatda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshgan.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 1-avgustda Ukraina Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus bilan bog‘liq noqulay vaziyat mavjud bo‘lgan “qizil hudud” hisoblangan mamlakatlar ro‘yxatini yangilagan va O‘zbekiston ham unga kiritilgandi.
Izoh (0)