O‘zbekiston terma jamoasining 7-sentabrdagi Eronga qarshi uchrashuvi 7-oktabrga ko‘chirildi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, FIFAning 2020-yil 18-avgust kuni O‘FAga yuborgan rasmiy xatiga muvofiq joriy yilning sentabr oyidagi FIFA kunlari 2022-yil yanvar oyigacha qoldirilgan.
“Shu sababli Eron futbol federatsiyasining iltimosiga binoan, O‘zbekiston — Eron o‘rtoqlik uchrashuvi 7-sentabrdan 7-oktabr sanasiga ko‘chirildi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Tojikiston futbol federatsiyasi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston — Tojikiston o‘rtoqlik o‘yini avvaldan reja qilinganidek, 3-sentabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)