“Manchester Yunayted” afsonasi Rio Ferdinand yarim yil muddatga avtomobil boshqarish huquqidan mahrum etildi, deya xabar qilmoqda BBC.
41 yoshli sobiq futbolchi 18-avgust kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida o‘z aybini tan olgan. U avtomobil boshqarib ketayotgan vaqtda tezlikni oshirgani haqiqat ekanligiga iqror bo‘lgan.
Sud qaroriga ko‘ra, Ferdinand olti oy muddatga avtomobil boshqarish huquqidan mahrum etilgan. Shuningdek, Rio 822 funt miqdorida jarimaga tortilgan.
2015-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan Ferdinand hozirgi vaqtda Angliya televideniyesida ekspert sifatida ish olib boradi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)