“Latsio” sport direktori Igli Tare “Manchester Siti” sobiq yarim himoyachisi David Silvaning “Real Sosyedad”ga o‘tib ketgani borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
David Silvaning “Real Sosyedad”ga yo‘l olgani haqida bildim. Uni o‘yinchi sifatida juda hurmat qilaman, ammo inson sifatida emas.Futbolchining otasi “Latsio” rahbariyatining bu munosabati haqida fikr bildirdi.Igli Tare, “Latsio” sport direktori
Ko‘plab klublar qatori “Latsio” va “Real Sosyedad” bilan ham muzokaralar o‘tkazildi, biroq o‘g‘lim “Sosyedad” variantini tanladi. Rimliklar bilan hech qanday kelishuv bo‘lmagandi, klubning bu reaksiyasi Davidni hayron qoldirdi. Har bir odam o‘zi uchun o‘zi qaror chiqarishga haqli. “Latsio” agent bilan muzokara o‘tkazgan, Davidning o‘zi bilan emas. Shu sabab ular nima uchun Silvaning insoniylik xislatlari haqida gapirayotganiga tushunmayapman. Uning “Latsio” bilan hech qanday kelishuvi yo‘q edi.Football Italia nashrining xabar qilishicha, “Latsio” rahbariyati Silvaning “Real Sosyedad”ga o‘tib ketganidan g‘azabda. Ta’kidlanishicha, futbolchi rimliklar bilan shartnoma imzolash va tibbiy ko‘rikdan o‘tish borasida kelishib qo‘ygan, biroq keyinchalik qo‘ng‘iroqlarga javob bermagan.David Himenes, David Silvaning otasi
Avgust oyi boshida “Latsio” 34 yoshli futbolchiga 3 yillik shartnoma va yiliga 3 million yevro maosh taklif qilgani xabar qilingan, keyinchalik tomonlar kelishuvga erishgani aytilgandi.
Mavzuga doir: “Siz doimo mening qalbimda qolasiz”. David Silva “Manchester Siti” bilan maktub orqali xayrlashdi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)