• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Navbahor”, Belenkov va 520 ming dollar mashmashasi haqida

    Bir necha hafta oldin Namanganning “Navbahor” klubi va rossiyalik murabbiy Aleksey Belenkov o‘rtasida mojaro yuzaga kelgani haqida xabar berilgandi.

    “Navbahor” rahbariyatining 2023-yilning dekabriga qadar mo‘ljallangan shartnoma bekor qilingandan keyin kelishuvda ko‘rsatilgan pullarni to‘lamagani, murabbiyning yuristlari esa “Navbahor”ga 150 ming dollar to‘lashni va barcha masala yopilishini ma’lum qilgani, biroq klub bunga e’tibor bermagani ta’kidlangandi.

    Shundan so‘ng Belenkov FIFAga murojaat qilgan, tashkilot esa “Navbahor”ga mutaxassis uchun 520 ming AQSh dollari miqdorida kompensatsiya to‘lash majburiyatini yuklab, buning uchun 30 kun muddat bergandi. Majburiyat bajarilmagan taqdirda esa klubga nisbatan sanksiyalar qo‘llanishidan ogohlantirgan.

    Biroq “Navbahor” klubi matbuot xizmati yuqorida keltirilgan ma’lumotlarning barchasini rad etgandi.

    Rossiyaning “Match TV” nashri esa mazkur masala yuzasidan material chop etib, Aleksey Belenkovning advokati bilan intervyu uyushtirdi. “Daryo” quyida mazkur maqolani o‘zbek tilida taqdim etadi.

    Foto: “Navbahor”

    Foto: “Navbahor”

    2018-yilning oktyabr oyida Andrey Kanchelskis Namanganning “Navbahor” klubiga bosh murabbiy etib tayinlangandi. Rossiyalik yana bir mutaxassis Aleksey Belenkov esa uning yordamchisiga aylandi.

    “Manchester Yunayted” sobiq futbolchisining (Andrey Kanschelskis) O‘zbekistondagi taqdimoti yorqin o‘tdi —Kanchelskisga chopon kiydirildi va u o‘zining birinchi intervyularidayoq “Navbahor”ni dunyoga tanitmoqchi ekanini bildirdi.

    Debyut mavsumda rossiyalik murabbiylar jamoa bilan O‘zbekiston chempionatida bronza medallariga ega chiqdi. Bu klubning 14 yil ichidagi ilk medali edi.

    Keyingi mavsum esa “Navbahor”ning ishlari unchalik yurishmadi. 14-turdan so‘ng jamoa 18 ochko bilan beshinchi o‘rinda borayotgandi. Yetakchi “Paxtakor” bilan oradagi farq 14 ochkoga yetgandi. 2019-yilning iyun oyiga kelib, Kanchelskis va Belenkov “qoniqarsiz natijalar tufayli” ishdan bo‘shatildi.

    Ajablanarlisi, ikki oydan so‘ng murabbiylar yana ishga qaytadi. Taxminlarga ko‘ra, bunda Kanchelskisning bergan intervyulari muhim rol o‘ynagan. Kanchelskis viloyat hokimi va klub muxlislari haqida iliq so‘zlar aytgan va barcha muammolar rahbariyatning “maslahatchilari”dan kelib chiqayotgani haqida gapirgandi.

    Kanchelskis va uning yordamchisining qaytarilishiga sabab deya mutaxassisning quyidagi ikki gapi keltirilmoqda:

    1.

    — “Navbahor”ni kim ta’minlaydi?

    Foto: PFL

    Foto: PFL

    — Hokim. U futbolni yaxshi ko‘radi, lekin uning boshqa maslahatchilari ham bor, ular ko‘pchiligi boshqa narsalar haqida qayg‘uradi. “Navbahor” moliyaviy imkoniyatlari yaxshi bo‘lgan “Lokomotiv” yoki “Paxtakor” emas, balki xalq jamoasidir. Muxlislari judayam ehtirosli, agar natija qoniqtirmasa, ular bemalol sizni toshbo‘ron qilishi mumkin. “Navbahor”ga murabbiylik qilish oson emas, u yerda talab katta. Men shikoyat qilsam gunoh bo‘ladi, ular menga yaxshi munosabatda bo‘ldi, deyarli qo‘llarida ko‘tarib yurdi. Biz yuqori natijalarga erishmadik, lekin grandlarni qaqshatdik.

    2.

    — Hokim o‘yin oldidan qo‘ng‘iroq qilib: “Buni emas, boshqasini tushirasan”. Yoki hisobni buyurtma qilishi mumkin edi. Men darhol ularga bunday qo‘ng‘iroqlar kerak emasligini aytdim. Kiyinish xonasiga ham kirib, futbolchilarga e’tiroz bildirardi. Bir safar birinchi bo‘limda 0:0 o‘ynab, ikkinchi 45 daqiqalikda 3 ta gol urgandik. Shunda u g‘alabada uning hissasi ham borligini aytgandi. Keyin biz yakkama-yakka suhbatlashib, undan o‘yinchilar bilan yakka va ertasi kuni gaplashishini so‘ragan edim. Biz bir-birimizni tushundik, hammasi joyiga tushdi. U Namanganda futbol uchun juda ko‘p ishlar qilgan, ammo uning maslahatchilari...

    “Navbahor” Kanchelskisning yordamchisiga (Belenkov) to‘rt oy davomida maosh to‘lamagan. U FIFAga arz qilib, hozirda katta miqdordagi kompensatsiyaga da’vogarlik qilmoqda

    2019-yilning avgust oyi. Iste’fodan ikki oy o‘tgach, Kanchelskis yana “Navbahor” bosh murabbiyi bo‘ladi. Shu vaqtdan boshlab uning yordamchisi Aleksey Belenkovning hikoyasi shiddat bilan rivojlanishni boshlaydi va hatto FIFAgacha yetib borib, “Navbahor” uchun jiddiy muammoga aylanadi.

    Belenkovning FIFAdagi manfaatlarini himoya qiluvchi SILA International Lawyers firmasi advokati Mixail Prokopets quyidagilarni ma’lum qildi:

    Klub bilan mojaro bo‘lgach, Aleksey bizga yordam so‘rab murojaat qildi. Ish haqi to‘lanmagandi (qariyb to‘rt oylik), shuningdek, qarzlar ham berilmagan. Belenkovning mehnat shartnomasi 2023-yil noyabrgacha amal qilishiga qaramay, klub o‘z majburiyatlarini bajarishni to‘xtatgan.

    Biz “Navbahor”ga bitim shartlari buzilganligi haqida xabar berib, shikoyat yozdik. Qayd etish joiz, murabbiyning sudlashish maqsadi yo‘q edi. U shunchaki qarzni olishni va ish haqining bir qismini qoplanishini xohladi. Biz katta mablag‘ni so‘ramaganmiz, ammo klub shartnomaga rozi bo‘lmadi va hatto bizning so‘rovimizga ham javob bermadi.

    Mixail Prokopets advokat

    — Qaysi vaqtda FIFAga murojaat qilishga qaror qildingiz?

    — Darhol, muammoni shu tarzda yechishni taklif qildik, Belenkov esa buni qo‘llab-quvvatladi.

    FIFAga turli xil fuqaroligi bo‘lgan odamlar murojaat qilishi mumkin. Belenkov Rossiya Federatsiyasi fuqarosi, klub esa O‘zbekistonniki. Demak bu xalqaro masala.

    FIFAda bunday ishlarni ko‘rib chiqish uchun alohida qo‘mita mavjud. Biz shikoyat yozdik, taxminan, olti oy ko‘rib chiqildi. Natijada 2020-yilning iyul oyida rossiyalik murabbiy foydasiga qaror qabul qilindi.

    FIFA nizolarni hal etish palatasi “Navbahor”ga rossiyalik murabbiy Aleksey Belenkovga 30 kun ichida 520 ming dollar to‘lashni talab qilgan.

    Foto: Futbolium

    Foto: Futbolium

    — Agar maksimal qarzdorlik 11, 300 dollar bo‘lsa, nima sababdan kompensatsiya miqdori 484,100 dollarni tashkil etdi?

    — Chunki FIFA qoidalariga ko‘ra, agar shartnomani bekor qilishda klub aybdor bo‘lsa, u nafaqat qarzni to‘laydi, balki shartnomada ko‘rsatilgan muddat uchun ham tovon puli to‘laydi.

    Ya’ni, agar klub o‘z majburiyatlarini bajarganida, ancha kam to‘lagan bo‘lardi. Va agar to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarga borganida ham.

    — Dastlabki shartlar qanday edi?

    — Klubga 150 ming dollar to‘lashni taklif qildik. Qizig‘i, murabbiy hozir ham kelishishga tayyor. Uning klubni bankrot qilish maqsadi yo‘q. U hatto hozirgi talablarni ham 50 foizga kamaytirishga tayyor.

    — Ya’ni, to‘lovning 520 mingdan dollardan 260 ming dollarga tushishiga tayyor?

    — Shartli ravishda aytganda, ha.

    — “Navbahor”-chi?

    — Ular hozircha muzokaralarga tayyor emas desak ham bo‘ladi.

    — Buning sababi ma’lummi?

    — Yo‘q. Aniqrog‘i, ular go‘yo biz bilan muzokaralarga tayyor emasdek hisoblashmoqchi.

    — Bu qanday bo‘ladi?

    — Taklif etilayotgan miqdordan besh baravar kam.

    — 100 ming dollarmi?

    — Deyarli, ha.

    — FIFA qarori 21-iyul kuni qabul qilindi. Unda: “Navbahor” 30 kun ichida rossiyalik mutaxassisga 520 ming dollar (5 milliard 300 million so‘m) to‘lab berishi shart, deyilgandi. Belenkov shu paytgacha qancha pul oldi?

    — Hech qancha olgani yo‘q.

    — Keyingi harakatlar qanday bo‘ladi?

    — Gap shundaki, bu yerda hech qanday harakatlar kerak emas. Yoki klub FIFAga to‘lovni yuboradi yoki FIFA klubga nisbatan sanksiyalar qo‘llashni boshlaydi.

    — Qanday sanksiyalar?

    — Futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishni taqiqlash va 20-30 ming Shveysariya franki miqdoridagi jarima.

    — Bu besh ming frank miqdoridagi jarimaga qo‘shimchami? (Belenkov ishi bo‘yicha FIFA qarorining 6-bandi).

    — Ha.

    — Sobiq ish beruvchilar biron bir tarzda Belenkovga ta’sir o‘tkazishga harakat qilganmi? Masalan, apellyatsiyani qaytarib olishni?

    — Ha, u bilan aloqaga chiqib, 100 ming dollar evaziga masalani yopishni va ishga qaytishni so‘ragan.

    — Hech qanday tahdidlar bo‘lmaganmi?

    — Men bunga izoh bera olmayman. Chunki men ushbu muzokaralarda qatnashmaganman.

    — Asosiysi, tahdidlarning yo‘qligi.

    — Bu darajagacha yetib boradi deb o‘ylamayman.

    — O‘zbekistonda FIFAning qarori “Navbahor”ni bankrotga olib kelishi mumkinligi haqida yozishmoqda.

    — Ha, shunday yozishmoqda.

    — Belenkovga pul to‘lamaslik uchun klub o‘zini bankrot deb e’lon qilsa nima bo‘ladi?

    — “Navbahor” darajasidagi klub bunday xatarli tavakkalga qo‘l uradi deb o‘ylamayman. Muxlislar birinchi navbatda. Buni muxlislarga qanday tushuntirish mumkin: “Biz o‘zimizni bankrot deb e’lon qilyapmiz, chunki sobiq xodimimiz ishi bo‘yicha shunga majbur bo‘ldik”, deydimi?

    Agar Belenkov: “500 ming dollarni ertaga berasiz”, deganida tushungan bo‘lardim. Ammo bu yerda vaziyat boshqacha, u muzokaralarga tayyor va hozirgi vaziyatda o‘zini juda yaxshi tutmoqda. Nazarimda, agar bunday ahamiyatsiz sabab tufayli bankrot bo‘lsa, bu klub uchun katta xato bo‘ladi.

    — Siz uchun bu ishning eng yaxshi yechimi qanday?

    — Advokatlar uchun eng yaxshi variant bu mijozning manfaatidir.

    — “Navbahor” hozirgi “rad etish” taktikasini o‘zgartirmasa nima bo‘ladi?

    — FIFA klub futbolni to‘xtatmagunicha yoki sobiq xodimiga to‘lov qilmaguniga qadar sanksiyalar qo‘llashda davom etadi.

    Qizig‘i, ushbu voqealarga “Navbahor”ning munosabati ko‘pchilikni hayratda qoldi. FIFA qaroridan so‘ng klub rasmiy saytida quyidagicha bayonot berildi:

    Shu kungacha “Navbahor” PFKning rasmiy elektron pochtasi manziliga FIFA tomonidan jamoaning rossiyalik mutaxassisdan qarzi borligi to‘g‘risida hech qanday xat jo‘natilmagan.

    Shuningdek, yana shuni ham ta’kidlaymizki, mabodo klub pochtasi manziliga texnik sabablarga ko‘ra, xat kelmagan deb hisoblaydigan bo‘lsak, O‘FA va PFL rasmiy elektron pochtalariga ham FIFA tomonidan bunday mazmundagi xat jo‘natilmagan.

    Shu bois “Navbahor” PFK Aleksey Belenkov borasidagi mish-mishlarga va ushbu murabbiyga katta miqdordagi mablag‘ to‘lanishi kerakligi to‘g‘risidagi fikrlarni asossiz deb hisoblaydi va muxlislardan tasdiqlanmagan bunday xabarlarga ishonmaslikni so‘raydi.

    “Navbahor” klubi matbuot xizmati

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    19.08.2020, 13:00   Izoh (0)   18503
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rio Ferdinand yarim yilga avtomobil boshqarish huquqidan mahrum qilindi

    19.08.2020, 12:27

    “Latsio” sport direktori: David Silvani futbolchi sifatida hurmat qilaman, ammo inson sifatida emas

    19.08.2020, 12:01

    Dilyaver Vaniyev: Tashabbusga ega bo‘la turib g‘alaba qozona olmaslik juda alamli

    19.08.2020, 11:38

    Hamidjon Aktamov: “Qizilqum”ning ichki ishlariga chetdagilar aralashmasa yanada yaxshi natijalar ko‘rsatamiz

    19.08.2020, 11:00

    “Buxoro” bosh murabbiyi: Bitta penalti o‘yin taqdirini hal qildi

    19.08.2020, 10:37

    PSJ Chempionlar Ligasida “Real”ning rekordini takrorladi

    19.08.2020, 09:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    Moliyaviy firibgarliklar: firibgarlar keksalarni qanday aldamoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Millatlar Ligasi. Ronalduning goli Portugaliyani finalga olib chiqdi (video)

    Sport | 5 iyun, 07:16

    Andijonda Onix haydovchisi 13 yoshli bolani urib yubordi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 00:00

    “Daryo” dayjesti: 4-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:35

    “Do‘stlik” chegara bojxona postida 12,7 ming dollarni yashirincha olib chiqayotgan yo‘lovchi to‘xtatib qolindi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:30

    Jamoat tartibiga qarshi jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs BAAdan ekstraditsiya qilindi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:10

    Dunyoning eng go‘zal 10 nafar ayol tennischilari

    Layfstayl | 4 iyun, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.