• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Namoyishga ruxsat olish uchun kamida 15 kun avval ariza berish lozim”. O‘zbekistonda miting va namoyishlar to‘g‘risidagi qonun loyihasi e’lon qilindi

    Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Miting, yig‘ilish va namoyishlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.

    O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qonunning maqsadi O‘zbekiston fuqarolari tomonidan miting, yig‘ilish va namoyishlarni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish hisoblanadi.

    Miting, yig‘ilish va namoyishlarni tashkil etish va o‘tkazishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:

    • fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
    • qonuniylik;
    • ixtiyoriylik;
    • ommaviylik va ochiqlik;
    • tinch asosda o‘tkazilishi;
    • tomonlarning o‘zaro javobgarligi.
    Miting, yig‘ilish va namoyishlarni tashkil etish va o‘tkazish davomida quyidagilar taqiqlanadi:
    • ularni konstitutsion tuzumni tajovuzkorlik yo‘li bilan ag‘darish, milliy, irqiy yoki diniy adovatni qo‘zg‘ash, zo‘ravonlik va urushni targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazish;
    • davlat organlari va tashkilotlar, korxona va muassasalarning ish faoliyatiga to‘sqinlik qilish;
    • shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi atayin yolg‘on ma’lumotlarni qasddan tarqatish;
    • miting, yig‘ilish va namoyish o‘tkaziladigan hududda transport vositalaridan foydalanish;
    • niqob va ular shaxsini vizual aniqlashni qiyinlashtiruvchi va boshqa vositalardan foydalanish, shuningdek inson hayotiga tahdid solishi va sog‘lig‘iga shikast yetkazishi hamda atrof muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan o‘qotar qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatuvchi qurilmalar (shu jumladan, qo‘lbola), sanchuvchi yoki kesuvchi predmetlar hamda qurol sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan boshqa buyumlarni, tez alanga oladigan, yonuvchan, o‘tkir, kuchli ta’sir qiluvchi, zaharli moddalar, pirotexnika buyumlari, radioaktiv va boshqa moddalar, buyumlar hamda mahsulotlarni yonida olib yurish va undan foydalanish;
    • alkogol ichimliklar, giyohvand moddalar yoki boshqa moddalar ta’siri ostidagi mast holatda ularda ishtirok etish, shuningdek spirtli ichimliklar, psixotrop va inson irodasi va aqliy faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa moddalarni iste’mol qilish.
    Agarda oldindan miting, yig‘ilish va namoyishlarni o‘tkazishni taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan bo‘lsa, ularni o‘tkazishda ishtirok etishga da’vat etish orqali targ‘ibot yuritish, shuningdek miting, yig‘ilish va namoyishlarni o‘tkazish maqsadida ushbu Qonun bilan tartibga solinmaydigan ommaviy va boshqa tadbirlardan foydalanish taqiqlanadi.

    Quyidagi holatlarda miting, yig‘ilish va namoyishlarni o‘tkazish taqiqlanadi:

    • O‘zbekiston Prezidenti, O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari deputatligiga saylovlar boshlanishidan bir kun avval va saylov kuni saylov uchastkasi yopilgunga qadar;
    • referendum o‘tkazilishidan bir kun oldin va saylov uchastkasi yopilgunga qadar;
    • O‘zbekiston Prezidenti va hukumatning alohida qarorlari asosida o‘tkazilayotgan muhim davlat ahamiyatiga molik xalqaro tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davomida, ular o‘tkaziladigan shahar va tumanlar hududlarida.
    • Qonunga muvofiq miting, yig‘ilish va namoyishlar o‘tkazish qoidalariga amal qilinishini ta’minlash uchun to‘liq mas’uliyatni zimmasiga oladigan 18 yoshga to‘lgan bir yoki bir necha O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari miting, yig‘ilish va namoyishlar tashkilotchisi bo‘lishi mumkin.
    Quyidagi shaxslar tashkilotchilik qila olmaydi:
    • sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar;
    • psixiatriya yoki narkologiya muassasalarida ro‘yxatda turgan shaxslar;
    • sudlangan, ozodlikdan mahrum etilganlar saqlanadigan joyda va probatsiya xizmati nazoratida bo‘lgan shaxslar;
    • ommaviy tartibsizliklarda ishtirok etganligi, davlatga xoinlik qilganligi, konstitutsiyaviy tuzumga tajovuzkorlik qilganligi, ekstremistik va terrorchilik jinoyatlarini sodir etganligi, miting, yig‘ilish va namoyishlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibini buzganligi uchun ozodlikdan mahrum etilgan va sudlangan O‘zbekiston fuqarolari;
    • chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
    • respublika hududida faoliyati tugatilgan yoki ro‘yxatdan o‘tmagan, shuningdek qonunda belgilangan tartibda faoliyati to‘xtatilgan nodavlat notijorat tashkilotining a’zosi yoki rahbari hisoblangan shaxslar.
    Miting, yig‘ilish va namoyishlar o‘tkazish uchun ruxsat olish uchun mahalliy ijro etuvchi organlarga ariza taqdim etiladi.

    Miting, yig‘ilish va namoyishlar o‘tkazishga ruxsat olish uchun ariza tashkilotchi (tashkilotchilar) yoxud ularning vakili (vakillari) tomonidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yozma yoki elektron shaklda, miting, yig‘ilish va namoyishlar o‘tkazishigacha o‘n besh ish kunidan kam bo‘lmagan muddatda taqdim etilishi lozim.

    Arizaga miting, yig‘ilish va namoyishlar o‘tkazish reglamenti ilova qilinadi, unda quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:

    • ijtimoiy faollikning shakli (miting, yig‘ilish va namoyishlar, shu jumladan ko‘cha yurishi, piket o‘tkazish va fleshmob);
    • miting, yig‘ilish va namoyishlarning maqsadi;
    • miting, yig‘ilish va namoyishlar o‘tkaziladigan joy (joylar), ishtirokchilarning harakatlanish yo‘nalishlari;
    • miting, yig‘ilish va namoyishlarning boshlanish va tugallanish sanasi va vaqti;
    • miting, yig‘ilish va namoyishlar ishtirokchilarining taxminiy soni;
    • miting, yig‘ilish va namoyishlarni o‘tkazishda foydalaniladigan targ‘ibot materiallarining ro‘yxati, shuningdek, tovushni kuchaytiruvchi texnik qurilmalar;
    • tashkilotchi (tashkilotchilar) yoxud ularning vakili (vakillari)ning familiyasi, ismi, sharifi, shuningdek, u/ularning yashash manzili yoki turar joyi, telefon raqami to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
    • miting, yig‘ilish va namoyishlarni tashkil qilish va o‘tkazishni moliyalashtirish manbalari.
    Miting, yig‘ilish va namoyishlar o‘tkazishga ruxsat olish uchun ariza tashkilotchi tomonidan, uning yo‘qligida esa, vakili (vakillari) tomonidan imzolanadi.

    Mazvuga doir:

    • Davlat zo‘ravonligiga qanday qarshi turish mumkin? Maksim Trudolyubov Belarus misolida tushuntiradi
    • Bayrutdagi hukumatga qarshi namoyishlar (foto)

    19.08.2020, 13:35   Izoh (0)   29640
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda Milliy gvardiyaga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, 27 ming dollarini o‘zlashtirgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    19.08.2020, 12:59

    G‘uzordagi kollejda kambag‘al va ishsiz fuqarolar uchun o‘quv kursi tashkil etildi. Birinchi mashg‘ulotni tuman hokimi o‘tdi

    19.08.2020, 12:36

    “Hech kimning boshiga bunday kunlarni solmasin”. Oqqonga chalingan Abduraxim saxovatpesha insonlar yordamiga muhtoj

    19.08.2020, 11:52

    Qo‘qon ko‘chalari isiriq yordamida dezinfeksiya qilinishi hazil bo‘lgani ma’lum qilindi

    19.08.2020, 11:47

    Samarqandlik 19 yoshli qiz uch yoshli E’zozani davolash uchun berilgan 25 mln so‘mlik xayriya pullarini o‘zlashtirishga urindi

    19.08.2020, 11:22

    Yangiyo‘ldagi markaziy shifoxona yuqumli kasalliklar bo‘limining nochor ahvoldaligi yuzasidan raddiya e’lon qilindi

    19.08.2020, 11:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.