Ramon Planes “Barselona”ning yangi sport direktoriga aylandi. Bu haqida katalonlar matbuot xizmati ma’lum qildi.
Planes “Barselona”ni tark etgan Erik Abidalning yordamchisi sifatida faoliyat yuritardi. Undan avval u “Xetafe” sport direktori lavozimida ishlagan.
Avvalroq 2018-yildan buyon sport direktorligi lavozimida ishlab kelgan Abidal bilan shartnoma bekor qilingandi.
Shuningdek, “Barselona” bosh murabbiyi Kike Setyen iste’foga chiqarildi. Uning o‘rnini Ronald Kuman egalladi.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” Yevropa Chempionlar Ligasi chorak finalida “Bavariya”ga 2:8 hisobida yutqazib qo‘ydi va musobaqani tark etdi. Shuningdek, jamoa La Ligada “Real”ni oldinga o‘tkazib yuborgan holda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ispaniya Kubogida esa chorak finalda “Atletik” to‘sig‘idan o‘ta olmadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)