“Real”ning hujumkor yarim himoyachisi Reynyer Jezus faoliyatini Dortmundning “Borussiya” klubida davom ettiradi. Bu haqda nemis klubi matbuot xizmati ma’lum qildi.
18 yoshli braziliyalik futbolchi keyingi ikki mavsumni Bundesligada ijarada asosida o‘tkazadi. Dortmundliklarda futbolchini sotib olish huquqi bo‘lmaydi.
Reynyer 2019/20-yilgi mavsum madridliklarning ikkinchi jamoasi “Kastilya”da uchta o‘yin o‘tkazib, ikkita golga muallif bo‘ldi.
“Real” o‘yinchini qishda 30 million yevro evaziga “Flamengo”dan sotib olgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)