Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliga 10-turining so‘nggi o‘yinida “Surxon” va “Navbahor” jamoalari 19-avgust, chorshanba kuni o‘zaro bahs yuritdi.
Birinchi bo‘limda maydonda teng qurash kuzatildi. Tanaffusdan keyin har ikki jamoa vakillari faollikni oshirdi. 60-daqiqada Sherzod Karimov burchak zarbasini ijro etib, to‘pni to‘g‘ri darvozaga joylab qo‘ydi.
Oradan ko‘p o‘tmay Asror G‘ofurov o‘z darvozasini qoyilmaqom gol urdi va hisob tenglashdi.
O‘yin yakunlanishi arafasida namanganliklar bir o‘yinchi kam bo‘lib qoldi: Islom Isoqjonov termizliklar futbolchisiga tirsak bilan zarba bergani uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi.
Shu tariqa “Navbahor” ochkolarini 18 taga yetkazib olgan holda 5-o‘rinda qoldi. “Surxon”ning ochkolari esa 7 taga yetdi va jamoa 11-pog‘onada bormoqda.
Coca-Cola Superliga
10-tur bahsi
19-avgust, chorshanba
“Surxon” — “Navbahor” 1:1
Gollar: 1:0 – 60 Karimov, 1:1 – 64, avtogol G‘ofurov.“Surxon”: Akbar To‘rayev, Abduqahhor Xojiakbarov, Husniddin G‘ofurov, Sherzod Karimov (Sardor Sulaymonov, 84), Shavkat Salomov (Nuriddin Hasanov, 88), Aleksandr Kasyan, Husniddin G‘ofurov (J), A’zamjon Aliyev, Jahongir Mehmonov, Behruz Shaydulov, Asror G‘ofurov.
“Navbahor”: Dilshod Hamroyev, Azimjon Ahmedov, Aziz Turg‘unboyev, Mirzohid G‘ofurov, Davron Hoshimov, Igor Golban, Islom Rashidxonov, Xurshidbek Muxtorov, Abbosjon G‘ulomov (Shohruh Mahmudhojiyev, 82), Ruslan Bolov (Islom Isoqjonov, 46), Zabihillo O‘rinboyev.
Ogohlantirishlar: Bolov (8), Mehmonov (17), G‘ofurov (34), Kasyan (75), G‘ofurov (J) (78), Ahmedov (81),
Chetlatish: Isoqjonov 79.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)