Daryo

Rasman: “Barselona” Kike Setyenni iste’foga chiqardi

“Barselona”da kutilgan iste’fo yuz berdi

1 daqiqa o‘qish28 672 ko‘rishlar0 izoh0

“Barselona” bosh murabbiyi Kike Setyen o‘z lavozimini tark etdi.

Foto: Goal

Katalon klubi Chempionlar Ligasi chorak finali doirasida “Bavariya”ga qarshi kechgan o‘yindagi yirik mag‘lubiyatdan (2:8) keyin murabbiyni iste’foga chiqarganini e’lon qildi.

“Barselona” yangi murabbiy nomi tez orada e’lon qilinishini ma’lum qildi. Jamoani Ronald Kuman boshqarishi taxmin qilinmoqda.

61 yoshli mutaxassis “Barselona”da yanvar oyida Ernesto Valverdening o‘rinini egallagandi. Setyen qo‘l ostida jamoa 25 ta o‘yin o‘tkazdi (19 ta La Liga, uchta Chempionlar Ligasi va uchta Ispaniya Kubogida). Ularda “Barselona” 16 g‘alaba, 4 durang va beshta mag‘lubiyat qayd etdi.

“Barselona” Primerada chempionlikni “Real”ga boy berib qo‘ydi. Bundan tashqari klub Ispaniya Kubogi chorak finalida “Atletik” (0:1) to‘sig‘idan o‘ta olmadi.

Mavzuga doir: “Barselona” direktorlar kengashi Xosep Bartomeuni prezidentlikdan chetlatish masalasini ko‘rib chiqadi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar