Turmush qurganiga 62 yil bo‘lgan amerikalik er-xotin koronavirus infeksiyasini yuqtirib, bir kunda vafot etdi. Bu haqda People xabar berdi.
Aprel oyi o‘rtalarida, Amerikaning Nyu-Jersi shtatida yashovchi er-xotin – 85 yoshli Lourens Freda va 83 yoshli Viktoriya koronavirus infeksiyasini yuqtirgan. 22-aprel kuni ularning o‘g‘li Jon shu kasallikdan vafot etadi. Ikki kun o‘tib, bir necha soat farq bilan, er-xotin ham kasalxonada olamdan o‘tdi.
Yaqin qarindoshlarining aytishicha, bu ikki keksa nafaqaxo‘r hayotda hecham bir-biridan ajralmagan.
“Lourens uchun eng katta huzur Viktoriyaga g‘amxo‘rlik qilish va u bilan vaqt o‘tkazish edi”, – deydi marhum erkakni taniganlar.
Er-xotinning yana ikki o‘g‘li va olti nevarasi bor. Lourens va Viktoriyaning vafotidan so‘ng ular dafn marosimini munosib o‘tkazish uchun xayriya yig‘ini tashkil etdi.
Izoh (0)