Belarus poytaxti Minsk shahrida davom etayotgan norozilik namoyishiga ikki erkak betmen va o‘rgimchak odam libosida tashrif buyurdi. Esquire’uning yozishicha, ushbu fuqarolar namoyishchilarga suv hamda shokoladli batonchalar tarqatgan.
Ta’kidlanishicha, o‘rgimchak odam namoyishchilar yoniga bir quti shirinlik bilan kelib “Energiyaga boy batonchalar! Mo‘ylovli superyovuzga qarshi superenergiya bilan zaryadlanib olamiz”, — degan.
https://youtu.be/Xg2dYu3mxVM
Superqahramonlar namoyish ishtirokchilari tomonidan qarsaklar bilan kutib olingan, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Belarusda norozilik namoyishi 9-avgust kuni bo‘lib o‘tgan prezident saylovidan keyin boshlangan.
Izoh (0)