• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Rossiyaning vaksinasidan norozi bo‘layotgan G‘arb, Isroil va BAAning tinchlik shartnomasi. Jahon matbuoti sharhi

    “Daryo” o‘tib borayotgan haftada dunyo matbuotida e’lon qilingan va muhokama markazida bo‘lgan maqolalar sharhi bilan tanishtiradi.

    Vitse-prezidentlikka nomzod Kamala Harrisning Yaqin Sharq bo‘yicha fikrlari qanday?

    56 yoshli Kamala Harris nomzodi prezidentlikka da’vogar Jo Bayden tomonidan vitse-prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatildi. Kamala Harris haqida nimalar ma’lum? Kaliforniya universiteti sobiq bitiruvchisi, huquqshunos, Los Anjeles shahri sobiq prokurori, senator va asosiysi vafodor ayol hamda ona, suyukli xola.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Kamala Harris katta siyosatga kirib kelsa, uning mojaroli Yaqin Sharq masalasidagi siyosiy pozitsiyasi qanday bo‘ladi, bu ko‘pchilik uchun nihoyatda qiziq. Jo Bayden vitse-prezidentlik va’da qilgan ayolning Yaqin Sharq, xususan, Eron, Isroil, Saudiya Arabistoni va Suriya borasida o‘z qarashlari bor. Jo Bayden bugun kaliforniyalik senator Kamala Harrisni vitse-prezidentlikka nomzodini ko‘rsatgach, Harris xonim o‘zining Twitter’dagi sahifasida quyidagicha izoh qoldirdi:

    “Jo Bayden Amerika xalqini birlashtira oladi, chunki u o‘z hayotini bizning huquqlarimiz uchun kurashishga bag‘ishladi. Prezident sifatida Jo Bayden Amerikani bizning tasavvurimizdagi mamlakatga aylantiradi. Men demokratik partiya nomidan vitse-prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatilganimdan faxrlanaman va uni (Jo Baydenni) bizning bosh qo‘mondonimiz bo‘lishi uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni amalga oshiraman”.

    Demokratik partiyadan vitse-prezidentlikka nomzodi ko‘rsatilgan Kamala Harris o‘z vaqtida AQSh senatida Yaqin Sharq masalalari bo‘yicha qo‘mitada faoliyat yuritgan va uning Yaqin Sharq masalalari bo‘yicha qarashlari Jo Baydenning va demokratik partiya yuqori doiralarining  siyosiy qarashlari bilan hamohang.

    Eron masalasi. 2019-yilda Kamala Harris The Al Monitor nashriga bergan intervyusida agarda prezident sifatida saylansa, AQShni Eron bilan imzolangan 2015-yildagi yadro hamkorligi shartnomasiga qaytishini ma’lum qiladi. Biroq 2019-yilning dekabr oyidagi prezidentlik saylovlari poygasidan chiqib ketadi. Jo Bayden prezident Barak Obama ma’muriyatida vitse-prezident lavozimida faoliyat yuritgan davrda Obama Eron hukumati bilan yadroviy kelishuv imzolagan va buning uchun Eron tarafi yadro harbiy maqsadlarda foydalanishdan voz kechgan edi.

    Evaziga AQSh hukumati Eronga nisbatan iqtisodiy jazo choralarini bekor qilishni va’da qiladi. Biroq Tramp ma’muriyati 2018-yilda AQShni bir taraflama Eron—AQSh yadro kelishuvidan olib chiqadi va Eronga nisbatan iqtisodiy jazo choralarini yana qo‘llay boshlaydi. Kamala Harris xonim esa uzilib qolgan do‘stona munosabatlarni tiklashga tayyor.

    Saudiya Arabistoni masalasi. Harris xonim AQSh harbiy qurollarining Saudiya Arabistoniga sotilishiga qarshi. Bu bilan u Saudiya Arabistoni rahbarligidagi fors ko‘rfazi mamlakatlarining Eron qo‘llab-quvvatlayotgan Yamandagi xusiylarga qarshi janglariga barham berishni ham maqsad qilgan.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Suriya borasida Kamala Harris prezident Donald Trampni Turkiya hukumatining AQSh qo‘llayotgan kurdlarga nisbatan hujumlariga befarqlikda tanqid qilib keladi. 2019-yilning noyabr oyida o‘tkazilgan prezidentlik debatlarida Kamala Harris gavayilik sobiq harbiy, prezidentlikka nomzod Tulsi Gabbardni Suriya rahbari Bashar Assadni harbiy jinoyatchi deb nomlashdan bosh tortgani uchun ham ayblaydi.

    Isroil borasida Harris xonim bir ikkiyuzlamachilik qilgani ham bor gap. 2019-yilning mart oyida AQSh—Isroil jamoatchilik munosabatlari konferensiyasida so‘zlagan nutqida Harris xonim AQSh va Isroilning yaqin aloqada bo‘lishidan hursandligini bildirgan edi. Biroq Twitter foydalanuvchilari va ko‘plab jurnalistlarning tanqidlaridan so‘ng “anti semitizm, islomofobiya, gomofobiya, transofobiya va irqchilik haqida” tushuntirish ham berishiga to‘g‘ri keladi.

    Boshqa demokratik partiya nomzodlari, senator Berni Sanders isroilliklarning AQShdagi lobbist guruhlari yordamidan foydalanishdan voz kechganini bildiradi. Ayrim so‘l demokratik partiya vakili Jamal Bouman Falastin muxtoriyatini himoya qilish bilan tanilgan. Uning nomzodi 2020-yilda Nyu-York shahri mahalliy kongressi saylovlariga nomzod sifatida ko‘rsatilgan. Kamala Harris iyun oyida Donald Trampni Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘ini bosib olishda Isroilga yordam berayotganini ham tanqid qilish bilan nom qozongan.

    Harris xonim, shuningdek, Turkiyaning armanlarga nisbatan genosid uyushtirgani fikrini ham qo‘llab-quvvatlaydi. Xulosa qilib aytganda, Kamala Harrisning Yaqin Sharq masalasi bo‘yicha yondashuvi Joy Baydenning siyosiy qarashlariga mos. Bayden ham Eron—AQSh yadro kelishuvi kuchda qolishini, AQSh—Isroil munosabatlari yaxshi bo‘lishini, Saudiya Arabistoniga AQSh harbiy texnikasi sotilishiga chek qo‘yilishini istaydi. G‘alvirning suvdan ko‘tarilishiga esa bor yo‘g‘i 81 kun qoldi. Tramp g‘olib bo‘ladimi yoki bo‘lg‘usi vitse-prezident Kamala Harris noyabr oyidagi saylovlar natijasi hal qiladi.

    Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasi nega G‘arbni asabiylashtirmoqda?

    Britaniyaning nufuzli The Financial Times  jurnalisti Genri Foyning e’tirof etishicha, ruslarning koronavirusga qarshi vaksinasi ebola virusiga qarshi preparat asosida tayyorlanganini, biroq g‘arbning bu vaksinani tanqid qilayotgani sabablari geosiyosat, ilm-fan bilan ham bog‘liq.

    G‘arb tanqidi, eng avvalo, rus vaksinasining xalqaro e’tirof etilgan ebolaga qarshi preparati asosida tayyorlanganidir. Tarixga nazar tashlansa, 1778-yilda rus imperatori Yekaterina II o‘zida chechak kasalligiga qarshi tajriba o‘tkazilishiga rozilik beradi. Shu tariqa u barcha ruslarni vaksinaning xavfsizligiga ishontirmoqchi bo‘ladi. Aynan shu tariqa Vladimir Putin seshanba kuni koronavirusga qarshi yaratilgan “Sputnik-V” vaksinasi tajribasida qizi ishtirok etganini ma’lum qildi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Bu esa Rossiya ilm-fani barcha rivojlangan mamlakatlarning tibbiyotidan o‘zib ketganini ham namoyish qilish bo‘ldi. Biroq muammo shundaki, bu vaksina hali ham tajribalar jarayonida. Bir necha haftadan so‘ng minglab rossiyaliklar mazkur preparatni qabul qila boshlashi hisobga olinsa, vaksina hamon sinov davrida ekani ma’lum bo‘ladi.

    Aynan shu sababdan ham g‘arb Rossiyaning vaksina borasidagi xushxabarini olqishlar bilan kutib olmadi. Millionlab insonlar hayoti xavf ostida qolayotgan bir davrda Germaniya sog‘liqni saqlash vaziri Yens Shpan ta’biri bilan aytganda, “bunday qaror o‘ta xavflidir”. AQSh sog‘liqni saqlash vaziri Aleks Azar esa Putinning fikrlariga ishonqiramagan holda “vaksina kim birinchi bo‘lib finishga yetib keladigan poyga emas”, degan fikrni bildirdi. Aftidan, Kreml shunchaki rus qudratini yana bir bor piar qilishdan manfaat topadigandek harakat qilmoqda.

    Rasmiy Kreml esa janob Azarning fikrlariga qo‘shilmadi. Yana bir qiziq jihati, koronavirusga qarshi vaksinaning “Sputnik-V” deb nomlangani. Bu ham bejiz emas. XX asrning 60-yillarida kosmik poygalarga start berilgan davrda ruslar dunyoda hammadan birinchi bo‘lib fazoga yo‘l olgani barchaning esida. Fikr qilinadigan bo‘lsa, rasmiy Kremlning vaksinani yaratish borasidagi yondashuvini quyidagicha izohlash mumkin: qoidalarga zid bo‘lsa-da, ruslarning koronavirusga qarshi vaksinani boshqa davlatlardan birinchi bo‘lib ishlab chiqarishi nega dunyo jamoatchiligida xavotirlanishga sabab bo‘lishi kerak.

    Rasmiy Moskva ham AQSh, Buyuk Britaniya va Xitoyda bo‘lgani kabi rasmiy protokollarni buzgan holda vaksina ishlab chiqarilishini tezlashtirishga qo‘l urdi-ku. Rossiya ham g‘arb va boshqa davlatlardagi vaksina yaratish bilan bog‘liq jarayonlariga shunchaki ko‘z yumdi. Rus vaksinasi ham uchinchi bosqich sinovlaridan hali muvaffaqiyatli o‘tishi, bu jarayon esa hali minglab insonlarda bir yildan oshiqroq vaqt mobaynida sinab ko‘rilishi kerak.

    Prezident qizida vaksinaning sinab ko‘rilishi va unda vaksinaning nojo‘ya ta’siri faqatgina isitmaning oshishi — matbuot uchun yaxshi sarlavha bo‘lishga imkon. Biroq turli yosh va turli kasalliklarga ega insonlarda vaksina qanday naf keltiradi, bu klinik tadiqoqtlarga bog‘liq. Xalqaro tibbiyot ekspertlari nazarida samarasi va xavfsiz bo‘lgan vaksinani ishlatishga shoshilish bu, eng avvalo, jahon hamjamiyatining koronavirusga qarshi sa’y-harakatlariga salbiy ta’sir qiladi va chalg‘itadi hamda pandemiyaning yanada tarqalishiga sabab bo‘ladi.

    Ayrimlar nazarida esa rus hukumatining vaksina borasidagi yangiligi ilm-fandan ko‘ra, geosiyosat bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Gamaleya nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya tadqiqot instituti o‘tgan asrning 80-yillaridan beri adenoviruslar bilan shug‘ullanib kelayotgan bo‘lsa-da, Rossiya farmasevtika sanoatining gigantlari sifatida ko‘rilmaydi. “Sputnik-V” esa ebola virusiga qarshi preparat andozalari asosida ishlab chiqilmoqda.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Rossiyaning AQShdagi saylovlarga aralashuvi, Sergey Skripalga qarshi uyushtirilgan suiqasd, Malayziya aviakompaniyasiga tegishli MH117 uchog‘i bilan sodir bo‘lgan noxush vaziyat kabi voqealar g‘arbning Rossiyaga shubha bilan qarashiga sabab. Vaksina borasidagi yangilik ham shubhasiz g‘arb tarafidan ishonqiramay qabul qilinmoqda.

    Bundan tashqari, Italiyada koronavirus avj olgan paytda rus tibbiyotchilarining italyanlarga yordam ko‘rsatish uchun jalb qilinishi ortidan diplomatik bosh og‘rig‘i paydo bo‘ldi. Xalqaro hamjamiyat ruslarni harbiy sirlarni qo‘lga kiritishda ayblay boshladi. Rus vaksinasining yaratilishi ham mazkur diplomatik g‘alvaning davomi sifatida ko‘rilmoqda.

    Shunga qaramasdan Serbiya, Filippin rus vaksinasini sotib olish borasida ma’lum qilgan bo‘lsa, BAA, Saudiya Arabistoni, Braziliya va Meksika rus vaksinasi sinovlarida qatnashish uchun rozilik berdi. Kreml esa yigirmadan ortiq mamlakat bir milliard dona vaksinani xarid qilishni bildirganini aytmoqda.

    Ommaviy axborot vositalari vakillari Gamaleya instituti direktoridan janob Putinning qizida vaksina sinovi qanday kechgani borasida savol berganda, u “balki ko‘ngilli sifatida ishtirok etgandir, ammo uning pasportini ko‘rmadim”, deya javob berdi. Bunday javob janob Putinga qay darajada ishonish kerakligiga ishora.

    Isroil va BAA tinchlik shartnomasi arab-yahudiy nizosiga barham beradimi?

    Dunyo matbuotida Isroil va BAA o‘rtasida diplomatik munosabatlarni yaxshilash borasida  imzolangan shartnoma g‘arb nazarida, katta yutuq deb baholanmoqda. Biroq bir qator arab mamlakatlari esa bundan norozi. Falastin rahbari Mahmud Abbos bu shartnomani BAAning xoinligi safatida baholadi, deb yozadi The Times of Israel nashri.

    Binyamin Netanyaxu musulmon dunyosi bilan aloqalarning yangi davri boshlangani haqida xushxabar e’lon qilarkan, Donald Tramp va uning kuyovi Jared Kushnerga minnatdorlik bildirgan va yaqin kelajakda bu bitim boshqa arab davlatlarining Isroilga nisbatan munosabatini o‘zgartirishiga olib keluvchi bitim deb baholashni ham ta’kidladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining Twitter’dagi sahifasida mazkur shartnomani “bugungi kunning eng tarixiy voqeasi” sifatida baholadi.

    Netanyaxu o‘zining Twitter’dagi sahifasida mazkur shartnomani “Tarixiy voqea” deb atagan bo‘lsa, BAA valiahd shahzodasi Muhammad ibn Ziyod Isroil mazkur shartnoma imzolanishi orqali Isroil suvereniteti va Iordan daryosining g‘arbiy sohiliga bo‘lgan da’volarini to‘xtatishga qaror qilgani haqida izoh qoldirdi.

    AQSh prezidenti kuyovi Jared Kushner Netanyaxuni Isroil va BAA o‘rtasida imzolangan shartnoma bilan tabrikladi. Kushner Netanyaxuni tabriklar ekan, mazkur shartnomani imzolash ancha mashaqqatli kechgani, Isroildagi saylovlar oraga tushib qolgani haqida fikr bildirdi. Donald Tramp esa so‘nggi olti hafta mobaynida mazkur bitimni imzolash tezlashgani haqida ma’lum qildi. Isroilning arab mamlakatlari bilan imzolagan mazkur shartnomasi uchunchisi hisoblanadi. Bungacha Isroil 1979-yilda Misr, 1994-yilda Iordaniya bilan o‘zaro aloqalar borasida shartnoma imozalagandi.

    Yaqin kunlar ichida Isroil va BAA sayyohlik, sarmoyalar, avia xabarlar, xavfsizlik, telekomunikatsiyalar, sog‘liqni saqlash, energiya tashuvchi manbalar, madaniyat, atrof-muhit va elchixonalar ochilishi borasida ikki tomonlama shartnomalarni imzolashi kutiladi. Kelishuvga muvofiq BAA va Isroil AQShning “Yaqin Sharq uchun strategik loyihasi dasturiga” qo‘shilishi joiz.

    Isroil va BAAning diplomatik hamkorligi ikki mamlakat, xususan, Yaqin Sharq mintaqasi uchun ijobiy holat. Ammo muammo shundaki, imzolanadigan shartnomalar to‘laqonli tarzda hayotga tatbiq etiladimi?! Fors ko‘rfazining boshqa musulmon mamlakatlari ham BAA ortidan ergashadimi? Yana bir jihatni ta’kidlash joiz, Isroil va BAA imzolagan shartnomada Tramp ma’qullagan Falastin taqdiri haqida lom-mim deyilmaydi. Biroq AQShda noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan saylovlarda bu ham amaldagi prezident uchun ma’lum bir foydalarni keltirishi mumkin.

    O‘z navbatida mazkur shartnoma nepotizm, korrupsiya mashmashalariga aralashib qolib, o‘zini o‘zi qopqonga tushirgan Netanyaxu uchun ham ozod bo‘lish uchun imkoniyat. Axir Netanyaxuning Iordan daryosining g‘arbiy sohilini bosib olish g‘oyalari befarq qoldirildi, AQSh esa koronainqiroz sabab o‘z ichki siyosatiga o‘ralashib qoldi, qo‘shnilar esa Isroilning “buyuk davlatchilik” g‘oyalariga e’tiroz bildirdi. Shu bois Netanyaxu BAA bilan shartnomadan o‘zining siyosiy obro‘sini oshirish maqsadida foydalanishi ham mumkin.

    BAA Isroil bilan imzolangan shartnomadan qanday manfaat ko‘radi, faqat taxmin qilish mumkin. Eng avvalo, BAA rasmiy Vashington bilan aloqalarini mustahkamlab oladi, iqtisodiy va fan sohasida Isroilning tajribalaridan foydalanishi ham mumkin.

    Ammo falastinliklar yana bir arab davlati ularga xiyonat qilganini dillariga tugib qo‘yadi.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    15.08.2020, 20:02   Izoh (0)   126564
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiyada koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarish boshlangani e’lon qilindi

    15.08.2020, 18:54

    Bloomberg Trampning boyligida eng katta pasayish kuzatilganini ma’lum qildi

    15.08.2020, 18:12

    Lukashenko Putin bilan Belarusdagi norozilik namoyishlari haqida suhbatlashdi

    15.08.2020, 17:53

    Hindistonda koronavirusga qarshi vaksina sinovining birinchi bosqichi o‘tkazilmoqda

    15.08.2020, 17:11

    CNN: Rossiya koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqishda AQShga yordam taklif qildi. Vashington yordamni rad etdi

    15.08.2020, 15:56

    Belarusda hibsga olingan “Vagner” guruhi jangarilari Rossiyaga qaytdi

    15.08.2020, 15:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Iroqda suv zaxiralari rekord miqdorda kamaydi

    Dunyo | 25 may, 23:30

    Superliga. “Dinamo” kambek amalga oshirib, “Qizilqum”dan ustun keldi

    Sport | 25 may, 23:27

    Qoraqalpog‘istonda inspektor quvgan yigit maktab o‘quvchisi emasligi aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 25 may, 23:17

    APL. Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan Angliya chempionati bronza medaliga ega chiqdi

    Sport | 25 may, 22:42

    Instagram: Aktrisa Muborak Ashurboyeva hozir qanday ko‘rinishda? Munisa Rizayeva muxlisining orzusini amalga oshirdi, Shahlo Ahmedovaga sahnada gul otishdi

    Shou-biznes | 25 may, 22:35

    Medvedev deyarli butun Ukrainani qamrab olgan bufer zonani ko‘rsatdi (video)

    Dunyo | 25 may, 22:17

    Superliga. “Paxtakor” so‘nggi daqiqalarda kiritilgan gol evaziga “Xorazm”dan ustun keldi

    Sport | 25 may, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.