“Barselona” prezidenti Xosep Bartomeu o‘z lavozimini tark etishi mumkin.
Kelayotgan haftada klub direktorlar kengashi funksionerning kelajagini muhokama qiladi, deya xabar qilmoqda Cadena Ser Catalunya jurnalisti Sike Rodriges.
Shuningdek, ushbu yig‘ilishda yangi bosh murabbiy va “Barselona” amalga oshiradigan xaridlar masalasi ko‘rib chiqiladi.
“Barselona” Chempionlar Ligasi chorak finalida “Bavariya”ga 2:8 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu mag‘lubiyat jamoada katta o‘zgarishlarga olib kelishi kutilmoqda.
Mavzuga doir:
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)