UEFA Yevropa Ligasi 1/4 final bosqichi o‘yinlaridan so‘ng haftaning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishga da’vogarlarni e’lon qildi.
Unga ko‘ra ro‘yxatdan odatdagidek to‘rt nafar futbolchi o‘rin olgan.
Bular:
“Inter” yarim himoyachisi Nikolo Barella “Bayer”ga qarshi o‘yinda (2:1) bitta gol urdi.
“Kopengagen” darvozaboni Karl-Yuhan Yunsson “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘yinda (0:1) 13 ta seyv amalga oshirdi.
“Shaxtyor” yarim himoyachisi Tayson “Bazel”ga qarshi o‘yinda (4:1) bitta gol urdi.
“Sevilya” yarim himoyachisi Lukas Okampos “Vulverhempton”ga qarshi o‘yinda (1:0) bitta gol urdi.
Mavzuga doir: Yevropa Ligasida yarim final juftliklari ma’lum bo‘ldi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)