“Tottenhem” klubi “Sauthempton” yarim himoyachisi Pyer-Emil Hyoybyergni sotib oldi.
25 yoshli futbolchi londonliklar bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. U yangi jamoasida 5-raqam ostida harakat qiladi.
Avvalroq “Tottenhem” Hyoybyerg transferi uchun 15 million funt sarflashi xabar qilingandi.
Shuningdek, qarama-qarshi yo‘nalishda “shporlar” himoyachisi Kayl Uoker-Piters “Sauthempton” safiga yo‘l olgan.
Daniyalik futbolchi 2019/20-yilgi mavsumda Premyer Ligada 33 o‘yin o‘tkazib, bitta golli uzatma muallifiga aylandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)