• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda kambag‘al va ishsiz aholini kasb-hunarga o‘rgatish tizimi joriy etiladi

    O‘zbekiston Prezidentining “Kambag‘al va ishsiz aholini tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori imzolandi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

    Foto: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi matbuot xizmati

    Foto: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi matbuot xizmati

    Qarordan asosiy maqsad — kambag‘al va ishsizlarni kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘qitishning yangi tizimini joriy qilish, ularni kasb-hunarga o‘qitishda xususiy sektor bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘qitish jarayonlarini tashkil etish, ehtiyojmand aholi va nogironlar ish bilan bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha choralarni amalga oshirish hisoblanadi.

    Qaror bilan:

    • kambag‘al va ishsiz aholini kasb-hunarga o‘rgatish hamda ularning mehnat faolligini oshirish bo‘yicha respublika ishchi guruhi tarkibi, aholi bandligini ta’minlash va ishchi kuchining raqobatbardoshligini oshirish dasturi tasdiqlandi;
    • Rossiyada faoliyat yuritayotgan mehnat migrantlarini o‘qitish choralari belgilandi.
    Qaror orqali tizimni joriy etish uchun zarur bo‘ladigan moliyaviy xarajatlar ajratildi hamda ularning manbalari, yo‘nalishlari va ko‘lamlari belgilandi.

    Qarorda ko‘zda tutilgan kambag‘al va ishsizlarni kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘qitish tizimi Qoraqalpog‘iston va viloyatlarda “Ishga marhamat” monomarkazlarini, shuningdek, Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkentda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi kasb-hunarga o‘qitish markazlarini, Toshkent shahri tumanlarida qisqa muddatli kasb-hunarga o‘qitish kurslarini, mahalla aholisini kasb-hunarga o‘qitish maskanlarini, nodavlat kasb-hunarga o‘qitish muassasalarini o‘z ichiga oladi.

    Hujjat orqali aholini mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga, tadbirkorlik asoslari va xorijiy tillarga o‘qitishga, nodavlat sektori imkoniyatlaridan keng foydalanish uchun davlat yordamini berish mexanizmi joriy qilinadi.

    Nodavlat kasb-hunarga o‘qitish muassasalarini tashkil etish uchun vazirlikning “Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga o‘qitish muassasalarining binolari, mahalliy hokimiyat va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tavsiyasiga ko‘ra boshqa bo‘sh turgan binolar yoki ularning bir qismi operativ boshqaruvga yoki uzoq muddatli imtiyozli ijaraga beriladi.

    Nodavlat kasb-hunarga o‘qitish muassasalariga o‘quv dasturlari va o‘qituvchilarni mustaqil tanlash huquqi beriladi. Kasb-hunarga o‘qitish markazlari binolari bir qismi berilgan taqdirda — mazkur markazlarning o‘quv jihozlari va anjomlaridan imtiyozli foydalanish imkoni yaratiladi.

    Nodavlat kasb-hunarga o‘qitish muassasalarida Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan o‘qitish, bunda davlat buyurtmasining kafolatlangan eng kam darajasidan foydalanish belgilangan.

    Qarorga muvofiq “Ishga marhamat” monomarkazlari hamda kasb-hunarga o‘qitish markazlari bitiruvchilarining kasbiy malakasini xalqaro WorldSkills standartlari asosida baholash, shuningdek baholashdan muvaffaqiyatli o‘tgan bitiruvchilarga mamlakatda va xorijiy davlatlarda tan olinadigan Skills pasporti beriladi.

    Monomarkazlar va kasb-hunarga o‘qitish markazlari tomonidan bitiruvchilarga berilgan o‘qishni tamomlaganlikni tasdiqlovchi hujjat hamda Skills pasporti o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi diplomi darajasiga tenglashtiriladi.

    Ushbu loyihalar ijrosini ta’minlash uchun Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan 2020-yil uchun ajratiladigan mablag‘larga qo‘shimcha ravishda 150 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.

    Shuningdek, mazkur qarorda Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda har bir hududda kamida bittadan “Eng yaxshi kasbga tayyorlash dasturi” bo‘yicha nodavlat kasb-hunarga o‘qitish muassasalari o‘rtasida ochiq tanlov o‘tkaziladi.

    Qaror bilan “Eng yaxshi kasbga tayyorlash dasturi” tanlovi g‘oliblarining loyihalarini rag‘batlantirish uchun Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan 2020-yil uchun ajratiladigan mablag‘larga qo‘shimcha ravishda 50 milliard so‘m mablag‘ ajratish ko‘zda tutilgan.

    Bu muhim tadbirlarni amalga oshirish natijasida har yili 60 ming nafarga yaqin ishsiz va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga bepul o‘qitish imkoniyati yuzaga keladi, 25 mingdan ziyod nogironligi bo‘lganlarning bandligi ta’minlanadi.

    Respublika ishchi guruhi davlat va nodavlat kasb-hunarga o‘qitish muassasalari samarali faoliyat yuritishini hamda sifatli va xalqaro standartlarga javob beradigan kasb-hunarga o‘qitish tizimi joriy etilishini tashkillashtiradi, shuningdek, ushbu maqsadda ajratilayotgan mablag‘larning manzilli sarflanishini ta’minlaydi.

    Qaror bilan tasdiqlangan Aholi bandligini ta’minlash va ishchi kuchining raqobatbardoshligini oshirish dasturi esa aholi bandligiga ko‘maklashish sohasida xizmatlar ko‘rsatish sifatini yana-da oshirishga va bu borada normativ-huquqiy bazani mustahkamlashga, bandlik sohasida uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqishga hamda yaratilgan ish o‘rinlari va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha axborot almashinuvini tashkil etishga xizmat qiladi.

    Bundan tashqari, 800 mingdan ortiq fuqaro va ish beruvchilarga bandlik va mehnat sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatiladi, shu jumladan 410 ming ayollar va 300 ming yoshlarning bandligi ta’minlanadi.

    Mavzuga doir:

    • 9-sinf bitiruvchilarining kasb-hunar maktablariga hujjat topshirish muddati va tartibi ma’lum qilindi
    • “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri O‘zbekistondagi ishsizlarga nimalarni va’da qilmoqda?
    • O‘zbekistonning har bir viloyatida bittadan namunali kollej, texnikum va kasb-hunar maktabi tashkil etiladi

    12.08.2020, 12:11   Izoh (0)   26259
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQShning xalqaro diniy erkinlik sohasidagi maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi O‘zbekistonda mazkur yo‘nalishdagi ishlarni olqishladi

    12.08.2020, 11:57

    Navoiydagi maktabda o‘qituvchilarga ustama haq to‘lashda qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi

    12.08.2020, 10:55

    Farg‘onada 26 nafar mahkum muddatidan oldin jazodan ozod etildi

    12.08.2020, 10:55

    Jizzaxda koronavirus tarqalishi haqida asossiz ma’lumot tarqatgan shaxsga sud hukmi o‘qildi

    12.08.2020, 10:29

    AQShda yashayotgan o‘zbekistonlik virusolog odamning ustiga xlor sepish koronavirusga qarshi himoyada samara bermasligini aytdi

    12.08.2020, 08:34

    Toshkent shahri va Toshkent viloyatida davlat-xususiy sheriklik asosida maktablar tashkil etiladi

    12.08.2020, 07:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda muomalaga chiqarilgan bank kartalari soni keskin o‘sdi

    Iqtisodiyot | 13 iyul, 08:00

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.