Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining Jahon Chempionati—2022 va Osiyo Kubogi—2023 qo‘shma saralash bahslari doirasidagi oktabr va noyabr oyidagi o‘yinlari 2021-yilga qoldirildi. Bu haqda OFK rasmiy saytida xabar berildi.
Ta’kidlanishicha, koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq murakkab vaziyat tufayli FIFA va OFK 2020-yil yakuniga qadar milliy jamoalar ishtirokida rasmiy o‘yinlar o‘tkazmaslikka qaror qilgan. Shu tariqa Jahon Chempionati saralash o‘yinlarining barchasi 2021-yilga qoldirildi.
Hozircha o‘yinlarning yangi sanasi haqida ma’lumot berilmagan.
Qayd etish joiz, O‘zbekiston terma jamoasi JCh—2022 saralashining 2-bosqichida 13-oktabrda Yaman, 12-noyabr sanasida Singapur va 17-noyabr kuni Saudiya Arabistoni bilan o‘yin o‘tkazishi kerak edi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)