“Yuventus” himoyachisi Matteys de Ligtning yelkasida o‘tkazilgan jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlandi.
De Ligt 2019-yilning noyabr oyidan buyon yelkasidagi og‘riqdan aziyat chekib kelardi. Operatsiya Rimda o‘tkazilgan. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, futbolchi uch oy maydonga tusha olmaydi.
Operatsiya o‘tkazilgan 12-avgust kuni niderlandiyalik iqtidor egasi 21 yoshini nishonladi.
Markaziy himoyachi joriy mavsum A Seriya 29 o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va bitta golli uzatma muallifiga aylandi. Turinliklar niderlandiyalik futbolchini 2019-yilning yozida 75 million yevro (yana 10 million bonus) evaziga “Ayaks”dan sotib olgandi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)