Yarim himoyachi Xurshid G‘iyosov Toshkent “Bunyodkor” klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar berildi.
Ta’kidlanishicha, tomonlar bir yilga mo‘ljallangan shartnoma imzolagan.
“Yil avvalida Janubiy Koreyaning “Anyang” klubi bilan shartnoma imzolab, mavsumning birinchi qismini legioner sifatida o‘tkazgan yarim himoyachi yana “qaldirg‘och”ga aylandi. Futbolchi bilan bir yilga mo‘ljallangan shartnoma imzolandi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, mavsum boshida ijara asosida “Nasaf”dan Toshkent klubiga qo‘shilgan Humoyun Murtazoyev va Sardor Abduraimov jamoani tark etgan. Har ikkala futbolchining ham “Nasaf”ga qaytishi ta’kidlangan.
Ma’lumot uchun, “Bunyodkor” Superliga 8-turidan keyin 16 ochko bilan 7-o‘rinni egallab turibdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)