Finlyandiya shimolidagi Laplandiyaning Levi shaharchasida daraxtlarni quchoqlash bo‘yicha birinchi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Turli qit’alarning to‘qqiz mamlakatidan kelgan ishtirokchilar daraxtlarni tez, samimiy va ko‘tarinki ruh bilan quchoqlashda o‘zaro bellashadi.
Chempionatda Finlyandiya, AQSh, Estoniya, Germaniya, Italiya, Shotlandiya, Rossiya, Malayziya va Avstraliya fuqarolari ishtirok etadi.
Qatnashchilar uch bosqichda bellashadi. Dastlab ular daraxtni tezlikda quchoqlaydi. Kim 8 daqiqa davomida ko‘proq daraxtni “bo‘g‘ib” quchoqlasa, o‘sha g‘olib bo‘ladi. Bunda har bir daraxtga kamida 5 sekund ajratish kerak.
So‘ngra hakamlar quchoqning samimiyligini baholaydi.
Va nihoyat, ishtirokchilar ko‘tarinki ruhda, ijodkorlik bilan quchoqlashishda raqobatlashadi. O‘z tasavvurini bir daqiqada ko‘rsatishi kerak.
Chempionat 22-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga doir:
Izoh (0)